Главная » 2020 » Декабрь » 1 » 100 yoshga to‘lgan kashanda: "Tushunmadim, chekish foydalimi yoki zararli?"
16:34

100 yoshga to‘lgan kashanda: "Tushunmadim, chekish foydalimi yoki zararli?"


27 iyun kuni 100 yoshga to‘lgan Xitoy fuqarosi spirtli ichimliklar, tamaki va fast-fudni uzoq umr ko‘rish sirlari deb atadi. Bu haqda Hindiston nashri xabar bermoqda.

Chjan Kemin chekish, alkogolli ichimliklar ichish va istagan narsasini iste’mol qilish bilan shu qadar uzoq yashaganligini aytdi. U hech qachon zararli ovqatlar haqida qayg‘urmasligini va kamdan-kam bezovta bo‘lishini qo‘shimcha qildi.

Kemin hatto spirtli ichimliklar va tamakini hayotidagi eng katta lazzat deb atadi. Biroq, u 90 yoshga to‘lganidan keyin spirtli ichimliklarni kamaytirishga majbur bo‘lganini tan oldi, chunki ishidagi baxtsiz hodisalarga sababchi bo‘lishni istamaganini aytdi.

100 yoshli xitoylik ko‘proq 20 yoshida chekishni boshlagan. U hali ham har kuni bir quti tamaki chekadi. Eshitish qobiliyati sustlashganini hisobga olmasa, sog‘lig‘ida jiddiy muammo yo‘q.

"Endi men tushuna olmayapman, chekish va spirtli ichimlik yaxshimi yoki yomonmi?" dedi u. 

Hozir Kemin o‘z oilasining besh avlod vakillari bilan bitta uyda yashaydi va chekishga hamda televizor ko‘rishga vaqt sarflaydi.


Manba: "aniq.uz"
Категория: Qiziqarli | | Теги: zararli, foydalimi, chekish, Tushunmadim, kashanda | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя