Главная » 2018 » Июль » 17 » «101-reys» filmining bosh rol ijrochilari ma’lum bo‘ldi
18:40

«101-reys» filmining bosh rol ijrochilari ma’lum bo‘ldi


«O‘zbekkino» MA buyurtmasi bilan rejissor Akrom Shaxnazarov hamda prodyuser Ravshan Norbaev tomonidan «101-reys» filmi suratga olinayotgani haqda xabar qilgan edik. Ayni damda filmni suratga olish ishlariga tayyorgarlik jarayonlari nihoyasiga yetdi.

Film prodyuseri Ravshan Norbaev «101-reys» filmida asosiy rollarni ijro etadigan aktyor va aktrisalarning suratlarini taqdim etdi.

Film axborot xizmatining ma’lum qilishicha, «101-reys» badiiy filmi real voqeaga asoslangan bo‘lib, unda 2001-yil AQShning Nyu-York shahrida sodir etilgan terrorchilik harakati oqibatida Shimoliy Amerika havo hududida qiyin vaziyatda qolgan – bortida 180 nafar yo‘lovchi bo‘lgan «O‘zbekiston havo yo‘llari» aviakompaniyasiga qarashli Boeing-757 samolyotining 101-reys ekipaji ko‘rsatgan jasorat haqida hikoya qilinadi.

Film postanovkachi rejissyor — Akrom Shaxnazarov, bosh prodyuser — Ravshan Norbaev hamda Erkin A’zam badiiy rahbarligida suratga olinmoqda.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Kino Yangiliklari | | Теги: 101-reys, filmi, ijrochilar, ma’lum bo‘ldi, bosh rol | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя