Главная » 2020 » Сентябрь » 20 » 10 mln so‘mlik «Germaniya orzusi» yo‘qqa chiqdi. Aybdor 10 yilgacha qamalishi mumkin
16:47

10 mln so‘mlik «Germaniya orzusi» yo‘qqa chiqdi. Aybdor 10 yilgacha qamalishi mumkin


2019-yilning oktyabr oyida fuqaro A.Z. va I.U.lar bir guruh bo‘lib, R.L.ning ishonchiga kirishgan va 10.000.000 so‘m evaziga tanishlarni orqali Germaniya davlatiga ishlash uchun borishida yordam berishini aytishgan. Lekin ular bergan va’dasini bajarmasdan aldov yo‘li bilan qo‘lga kiritgan pullarni o‘z ehtiyojlariga sarflab yuborgan.

Mazkur holat yuzasidan Farg‘ona shahar IIO FMB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi «v» bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Yuqorida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin, deyiladi IIV ma’lumotida.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: yo‘qqa chiqdi, aybdor, Germaniya, qamalishi mumkin, orzusi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя