Главная » 2017 » Январь » 28 » 10 yil davomida necha kishi qor ko‘chishi qurboniga aylanganini bilasizmi?
13:30

10 yil davomida necha kishi qor ko‘chishi qurboniga aylanganini bilasizmi?


Yaqinda Italiyada qor ko‘chkisi yuz berib, oqibatda 29 kishi hayotdan ko‘z yumgani haqida xabar bergan edik. Bir necha kun avval, Hindiston va Pokiston chegarasida ham qor ko‘chkisi yuz berdi. Tabiiy ofat oqibatida kamida 21 kishining qurbon bo‘lgani xabar qilindi.
 
Tabiiy ofatlar, ya’ni kuchli qor bo‘roni, zilzila, to‘fon, tabiiy o‘rmon yong‘inlari yoki qor ko‘chkisi kabi falokatlar har yili yuzlab, minglab odamlarning halok bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Bugun biz o‘tgan qariyb 10 yil davomida faqatgina ko‘chki oqibatida vafot etganlar soni borasidagi faktlarni e’tiboringizga havola etmoqchimiz.
 
2008 yil 29 dekabrda Afg‘onistonning Badaxshon provinsiyasida yuzaga kelgan qor ko‘chkisi sabab 13 kishi vafot etdi, 14 nafari jarohatlandi. Shu yili 24 avgustda Alp tog‘laridagi ko‘chki 16 nafar xorijiy sayyohlarning halok bo‘lishiga va 20 kishining jarohatlanishiga sabab bo‘ldi. 1-2 aprel kunlari Pokistondagi tabiiy ofat 40 kishining vafot etishiga olib keldi. 12 dekabr kuni Afg‘oniston va Tojikiston chegarasiga yaqin Boxarak uezdida yuzaga kelgan qor ko‘chkisi sabab 70 ga yaqin kishi hayotdan ko‘z yumdi.
 
2009 yil 25 yanvarda Turkiya shimolidagi Zigan tog‘ida qor ko‘chkisi sabab 9 kishi vafot etdi. 18 yanvarda Afg‘onistonning Salang dovonida yuzaga kelgan tabiiy ofat 10 kishining qurbon bo‘lishiga sabab bo‘ldi. O‘shanda qor ostida 12 ta avtomobil qolib ketgandi. Qutqaruvchilar 40 kishini qutqarib qolishgan.
 
2010 yil 10 aprelda Kamchatkada mudxish hodisa ro‘y berdi. Ko‘chki oqibatida Mi-8 vertolyoti qor ostida qolib ketdi. Snoubord ustalarining tog‘ cho‘qqisiga chiqishi qorning ko‘chishiga olib kelgan. Vertolyot ichida 18 kishi bo‘lgan, voqea sabab ularning 10 nafari hayotdan ko‘z yumgan. 22 mart kuni Afg‘onistonning Badaxshon provinsiyasidagi qor ko‘chkisi 35 kishining vafot etishiga sabab bo‘ldi. 8-9 fevral kunlari Afg‘onistonning Salang dovonida bir necha marta qor ko‘chkilari yuzaga kelib, yuzlab avtomobil, avtobus va yuk tashuvchi mashinalarni surib ketdi. Tabiiy ofat 170 dan ziyod kishining vafot etishiga sabab bo‘ldi. 18 fevral kuni Pokistonda yuz bergan qor ko‘chkisi 19 kishining hayotiga zomin bo‘ldi.
 
2011 yil 18 fevral kuni Pokistonda yuzaga kelgan kuchli qor bo‘roni sabab Daykundi provinsiyasidagi barcha uylar qor ostida qoldi. Voqea oqibatida 21 kishi hayotdan ko‘z yumdi.
 
2012 yil 23 sentabr Nepalda yuz bergan ko‘chki 9 nafar alpinistning o‘limiga sabab bo‘ldi. 24 yanvar kuni Afg‘onistonning Badaxshon provinsiyasida kuchli qor bo‘roni sabab ko‘chki yuzaga keldi va oqibatda 46 kishi hayotdan ko‘z yumdi. Bu provinsiyada yana 2 marta qor ko‘chkisi yuz bergan. 5 mart kuni yuzaga kelgan ko‘chki oqibatida 47 kishi vafot etdi. 30 mart kuni ham 14 kishi qor ko‘chishi oqibatida qurbon bo‘ldi. 23 fevral kuni Hindistondagi tabiiy ofat 11 nafar harbiy xizmatchining vafot etishiga sabab bo‘ldi.
 
2014 yil 16 oktabr kuni Nepalning Himolay tog‘larida kuchli qor bo‘roni sabab yuzaga kelgan qor ko‘chkisi 43 kishining vafot etishiga olib keldi. Qor ostidan 400 dan ziyod kishi qutqarib olindi. Bu hudud turistik yo‘nalish bo‘lgani uchun ularning 200 dan ortig‘ini xorij fuqarolari tashkil etgan.
 
2015 yil 25 fevralda Afg‘onistonning bir necha provinsiyalari qor ostida qoldi. Yuzlab uylarga zarar yetdi. Qor ko‘chkisi 260 dan ortiq kishining o‘limiga sabab bo‘ldi. Shu yil 25 aprel kuni Nepalda dastavval, 7,9 magnitudadagi zilzila ro‘y berdi, ertasi kuni ham 6,7 ball quvvatga ega aftershok yer silkinishlari kuzatildi. Bu esa Everest tog‘ida qor ko‘chishiga olib keldi. Ko‘chki sabab 18 kishi hayotdan ko‘z yumdi.
 
Har yili dunyoning turli burchaklarida birgina qor ko‘chishi oqibatida yuzlab odamlar hayotdan bevaqt ko‘z yumadi. Aytish kerakki, biz keltirgan ko‘rsatkichlar ularning bir qismi, xolos. Tabiiy ofatlar qachon va qaerda bo‘lishidan qat’i nazar u yerda odamlar jabr ko‘radi. Bu esa yuragimizni yana bir bor qalqitadi, shukronaga sabab bo‘ladi.

Durdona Rasulova 


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: necha kishi, 10 yil davomida, qurboniga aylangan, Bilasizmi?, qor ko‘chishi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя