Главная » 2016 » Ноябрь » 22 » 10 yoshli qizaloqning oshqozonidan yarim metrlik soch olib tashlandi
08:09

10 yoshli qizaloqning oshqozonidan yarim metrlik soch olib tashlandi


Rossiyaning Kemerovo shahridagi 5-sonli bolalar klinik shifoxonasiga shoshilinch ravishda yetkazilgan 10 yoshli qizaloqning oshqozonidan yarim metrlik soch olib tashlandi, deya xabar qiladi “Ren.tv” nashri.
 
10 yoshli qizaloq shifoxonaga  qorin sohasidagi kuchli og‘riq tufayli shoshilinch ravishda, og‘ir ahvolda yetkazilgan.
 
Shifokorlar uning oshqozon sohasini laparoskopiya tekshiruvidan o‘tkazganlarida, organ ichida nimadir borligini ko‘rishgan.
 
Jarrohlik amaliyoti mobaynida qizaloqning oshqozonidan 50 santimetrlik soch olib tashlangan. 2 soat davom etgan operatsiya muvaffaqiyatli o‘tgan.
 
“Aslida bunday holatlar juda ko‘p uchraydi. Ko‘pchilikning oshqozoniga u yoki bu sabab bilan soch tolasi tushadi va yig‘ilib boradi. Ushbu soch tolalari aniqlangan zahoti bemor jarrohlik yo‘li bilan undan xalos etilishi kerak”, deydi 5-sonli bolalar klinik shifoxonasi jarrohi Konstantin Sursev.
 
Ma’lumotlarga ko‘ra, 10 yoshli qiz biror narsadan asabiylashganida sochining uch qismini og‘ziga solar ekan. Shifokorlarning fikrlaricha, aynan ushbu holat uning oshqozonida 50 santimetrlik soch yig‘ilib qolishiga sabab bo‘lgan. 

Umida Yakubova


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: yarim metrlik soch, oshqozon, 10 yoshli qizaloq | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя