Главная » 2017 » Июль » 8 » 11 iyulda Yerga xavfli asteroid yaqinlashadi
18:46

11 iyulda Yerga xavfli asteroid yaqinlashadi


Joriy yilning 11 iyul kuni Yerga xavfli asteroid yaqinlashishi kutilmoqda. 2017 MS4 asteroidi 23 iyun kuni kashf qilingan edi.

Mutaxassislarning so‘zlariga ko‘ra, kosmik jismning o‘lchami 260 metrga teng. Asteroid xavfli turga kiritilgan.

Asteroidning Yerga maksimal yaqinligi Oygacha bo‘lgan masofaning kamida 20 baravar ortganiga teng, deb aytilmoqda.

Ural federal universitetining Astronomiya, geodeziya va atrof-muhit monitoringi kafedrasi mutaxassislarining so‘zlariga ko‘ra, kosmik jism tezligi soatiga 74 ming 700 km.ni tashkil etadi.

Shu kunlarda NASA asteroiddan himoya qiluvchi yangi DART texnologiyasini sinovdan o‘tkazishini ma’lum qildi. U Yerga uchib keladigan asteroidlarni kinetik zarba yordamida boshqa tarafga burib yuborishga mo‘ljallangan.

Sumbula


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: 11 iyul, yaqinlashadi, xavfli, yer, Asteroid | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя