Главная » 2021 » Сентябрь » 11 » 11-sentyabr kuni olingan maxfiy fotosurat e’lon qilindi
08:33

11-sentyabr kuni olingan maxfiy fotosurat e’lon qilindi


AQSh razvedka xizmati 2001-yil 11-sentyabr teraktidan keyin olingan fotosuratni e’lon qilishdi. Arxivdagi ushbu foto avval hech qachon e’lon qilinmagan, deyiladi idoraning Twitter-akkauntida.

Hujum joyidan olingan surat operativ xizmatlarning Nyu-Yorkdagi vayronalarda qanday ishlaganini ko‘rsatadi.

Fotosurat «Biz hech qachon unutmaymiz» xeshtegi bilan joylangan.

2001-yil 11-sentyabrda «Al-Qoida» terrorchilari samolyotlarni o‘g‘irlab, egizak binolar va Pentagonga hujum qilishdi.

Teraktlarda qariyb 3 ming kishi qurbon bo‘ldi. Bu terakt qurbonlar soni bo‘yicha tarixdagi eng yirik hujum edi.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: fotosurat, maxfiy, 11-sentyabr | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя