Главная » 2017 » Январь » 28 » 12 ming ayol jinsiy qullikdan ozod etildi
13:30

12 ming ayol jinsiy qullikdan ozod etildi


67 yoshli nepallik ayol minglab qizlarni jinsiy qullikdan ozod etgani uchun Hindistonning nufuzli mukofotlaridan biriga loyiq ko‘rildi. Bu haqda “Reuters” axborot agentligi xabar berdi.
 
Anuradxa Koyralaning aytishicha, u jabrdiydalarning jismoniy va ruhiy og‘riqlarini ko‘rib, bu vaziyatga chetdan qarab tura olmagan. Unga atalgan Padma Shri mukofoti mart-aprel oylarida topshiriladi.
 
Ma’lumotlarga ko‘ra, 12 ming nafar ayol va qizlar jinsiy savdodan qutqarib olingan va reabilitatsiya qilingan. Shuningdek, 45 ming nafar ayollarning sotilishining oldi olingan.
 
Mutaxassislarning aytishlariga ko‘ra, dunyoda qullikka tushib qoladigan jabrdiydalarning 40 foizini aynan hindistonliklar tashkil etadi.
 
Sobiq o‘qituvchi Anuradxa Koyrala 1993 yilda “Nepaldagi ona uy” nomli xayriya jamiyatiga asos soldi. Bu jamiyat jinsiy savdo jabrdiydalariga, oilalari yoki jamiyat tomonidan quvilgan insonlarga yordam berish bilan shug‘ullanadi. Tashkilot bu boradagi jinoyatchilarni qo‘lga olish yo‘lida hukumat va polisiya bilan hamkorlik qiladi.

Durdona Rasulova


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: ozod etildi, 12 ming, Ayol, jinsiy qullik | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя