Главная » 2020 » Сентябрь » 10 » 14 sentyabrdan bog‘chalar qay tartibda ochilishi ma’lum qilindi
16:26

14 sentyabrdan bog‘chalar qay tartibda ochilishi ma’lum qilindi


Joriy yilning 14 sentyabridan boshlab O‘zbekistondagi maktabgacha ta’lim tashkilotlari bosqichma-bosqich ochiladi. Eng birinchi navbatda maktabgacha ta’lim tashkilotlarining 5-7 yoshdagi tarbiyalanuvchilari guruhlari faoliyatini boshlaydi. Bu haqda Maktabgacha ta’lim vaziri Agrippina Shin ma’lum qildi. 

Vazirning so‘zlariga ko‘ra, maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatiga toza suv zaxirasi bo‘lgan holda, gigiyenik va dezinfeksiya vositalar bilan ta’minlangan taqdirdagina ruxsat beriladi. MTTlarning ochilishida xalq deputatlari Kengashlari va sanitariya-epidemilogik osoyishtalik agentligi va jamoat salomatligi xizmatining ruxsati talab qilinadi. 

"7 sentyabrdan 14 sentyabrgacha Toshkent va Toshkent viloyatining tumanlarida sinov tariqasida bittadan MTT ochilgan. 14 sentyabrdan boshlab ushbu jarayon butun respublika bo‘ylab bosqichma-bosqich amalga oshiriladi. Birinchi o‘rinda, 5-7 yoshli tarbiyalanuvchilar uchun guruhlar ochiladi”, deydi vazir.

5 yoshgacha bo‘lgan bolalar guruhlari ochilishi kechikayotgani bu yoshdagi bolalarning ijtimoiy masofa saqlashi va gigiyena qoidalariga amal qilishdagi qiyinchiliklari bilan izohlanmoqda. 


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: bog‘chalar, sentyabrdan, ochilishi, ma’lum qilindi, qay tartibda | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя