Главная » 2020 » Январь » 5 » 14 yanvardan Windows 7 tizimi o‘rnatilgan kompyuterlar virusga to‘ladi
18:48

14 yanvardan Windows 7 tizimi o‘rnatilgan kompyuterlar virusga to‘ladi


Windows 7 operatsion tizimining yaratilganiga 10 yil to‘ldi. Shu munosabat bilan 2020 yil 14 yanvardan boshlab tizim muomaladan olib tashlanadi.

Microsoft kompaniyasining ma`lum qilinishicha Windows 7 o‘rnatilgan kompyuterlar ishlashda davom etaveradi. Ammo ularga texnik yordam ko‘rsatilmaydi.

Shuningdek, tizimga dasturiy ta’minot ko‘rsatilmaydi va xavfsizlik tizimlari yangilanmaydi. Bundan chiqdi, Windows 7 o‘rnatilgan kompyuterlar virusga to‘lishi aniq.

Kompaniya mijozlarga Windows 10 tizimiga o‘tishni maslahat bermoqda. «Himoyalanishning eng yaxshi yo‘li Windows 10 sistemasini o‘rnatishdir. Yangi gadjetlarga o‘rnatilsa, ushbu tizim ham katta imkoniyatlar eshigini ochadi», - deydi kompaniya vakillari.


Manba: "sof.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя