Главная » 2021 » Февраль » 26 » 14 yoshli bloger qiz nogiron opasini o‘ldirib qo‘ydi
17:35

14 yoshli bloger qiz nogiron opasini o‘ldirib qo‘ydi


Amerikalik TikTok blogeri Kler Miller (Claire Miller) politsiyaga qo‘ng‘iroq qilib, 19 yoshli nogiron opasini o‘ldirganini tan oldi. Bu haqda «Dexerto» xabar berdi.

Voqea joyiga yetib kelgan politsiyachilar jazavaga tushgan 14 yoshli qizni topishdi: u qo‘lidagi qonni qor bilan yuvarkan: «Men singlimni o‘ldirib qo‘ydim», deb tinmay takrorlardi. Keyinchalik politsiyachilar o‘smir qiz nogironlar aravachasida o‘tirgan 19 yoshli opasini pichoqlaganini aniqlashdi (qiz miya falajidan aziyat chekardi). Qotillik paytida ota-onasi o‘sha uyda uxlayotgan bo‘lishgan.

Millerning TikTok kanaliga 20 mingdan ortiq odam obuna bo‘lgan. Uning ba’zi roliklari bir necha million marta tomosha qilingan. Qotillik to‘g‘risidagi ma’lumotlar OAVga tarqalgandan so‘ng ijtimoiy tarmoq ma’muriyati qizning sahifasini bloklab qo‘ydi.

Politsiyaning ta’kidlashicha, Pensilvaniya shtati qonunlariga binoan, 14 yoshli gumonlanuvchi kattalarga kabi sud qilinadi. Ayblov e’lon qilinganidan so‘ng u garov evaziga ozod qilish huquqisiz mahalliy qamoqxonaga joylanadi.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: nogiron, opasini, Bloger, o‘ldirib qo‘ydi, Qiz | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя