Главная » 2018 » Март » 14 » 150 Kishilik To'y Sabab: Toshkentdagi to‘yxonalar sun’iy ravishda narxlarni oshirmoqda
22:22

150 Kishilik To'y Sabab: Toshkentdagi to‘yxonalar sun’iy ravishda narxlarni oshirmoqda


Toshkentdagi to‘yxonalar garchi zarariga ishlamasada, hozirdanoq ixcham to‘ylar o‘tkazish orqali daromadlariga putur yetkazmaslikning yo‘lini o‘ylab topmoqda, deb xabar berdi “Novosti Uzbekistana”.

O‘zbekiston Prezidentining to‘ylarni ixchamlashtirish borasida bildirgan fikrlarini inobatga olgan holda, Sherzod Abdullayev ismli yigit hali bu borada rasmiy hujjat chiqmasidan turib, ixcham to‘y o‘tkazishga qaror qildi.

“Men 100—150 mehmonga mo‘ljallangan ixcham to‘yni o‘tkazishga qaror qildim. Dastlabki hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun beshta to‘yxonaga bordim, biroq ularning aytishicha, qancha odam kam bo‘lsa, shuncha qimmatga tushar ekan. 150 kishiga joy aytsam ham yoki 300 kishiga aytsam ham — farqi yo‘q, umumiy sarf-xarajat shundayligicha qolarkan”, — deydi Sherzod Abdullayev.

Uning ta’kidlashicha, avvaliga to‘yxona ma’muri har bir odam uchun 80—100 ming so‘mdan to‘g‘ri kelishini aytgan. Biroq kuyov bo‘lmish to‘y marosimiga 150 kishini taklif etmoqchiligini aytganida, u kishi boshiga tushadigan mablag‘ ikki barobarga oshishini so‘zlagan. Uning qayd etishicha, kamchilikka ziyofat uyushtirish ularga foyda keltirmaydi.

“Novosti Uzbekistana” muxbiri ushbu masala yuzasidan Davlat raqobat qo‘mitasining iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish va reklama faoliyatini nazorat qilish boshqarmasi rahbari Dilshod Azimovga murojaat qildi.

“To‘g‘ri, ayni vaqtda Senat to‘ylarning o‘tkazilishini tartibga solish borasida tegishli qarorni ishlab chiqmoqda. Bugungi kunda bizda restoranlarda kishi boshiga to‘g‘ri keladigan sarf-xarajatlarning taxminiy qiymati mavjud. Biz Senat qarori narxlarning oshib ketishiga ta’sir qilmasligini ta’minlash uchun barcha sa’y-harakatlarimizni amalga oshiramiz. Muntazam monitoring qilib boramiz. Sun’iy ravishda narxlar oshirilsa, ushbu kafe yoki restoran ro‘yxatdan o‘tgan hokimlikka tegishli taqdimnoma yuboramiz”, — deydi Dilshod Azimov.

Shuningdek, Davlat raqobat qo‘mitasi vakilining ta’kidlashicha, ular Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi mashhur o‘zbek segmentlarida paydo bo‘ladigan postlarni muntazam kuzatib boradi. Ammo bu kabi holatlarda u fuqarolardan 1082 qisqa raqamlari orqali monopoliyaga qarshi kurashish organlariga yoki 1091 raqami orqali Iste’molchilar huquqini himoya qilish federatsiyasiga murojaat qilishni so‘radi.

“Bir narsaga e’tibor qaratishingizni so‘rayman — bizda hamma narxlar ham nazorat qilinmaydi. Amaldagi qonunchilikka ko‘ra, tadbirkor ayrim tovar va xizmatlariga erkin ravishda narx qo‘ya oladi. Ammo kimdir ‘Kecha akamning to‘yi bo‘ldi va u har bir odam uchun 50 ming so‘mdan to‘ladi. Bugun esa narxlar ikki yoki uch barobar oshirib yuborilgan’, — deb murojaat qilsa, biz albatta, bu bilan shug‘ullanamiz”, — deydi Azimov.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: Toshkentdagi to‘yxonalar | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя