Главная » 2018 » Июнь » 12 » 15-iyundan boshlab Ertug‘rul tarixiy seriali namoyish etiladi
21:06

15-iyundan boshlab Ertug‘rul tarixiy seriali namoyish etiladi


Turk seriallari ishqibozlari doim yangi sarguzashtlarga o‘ch bo‘ladilar. “Ertug‘rul” – butun dunyo bo‘yicha millionlab tomoshabinlar e’tiborini jalb qilgan va Turkiyada tomosha qilinishi borasida mutlaqo barcha rekordlarni ortda qoldirgan ko‘p qismli film. Va nihoyat uni o‘zbek tilida tomosha qilish imkoniyati paydo bo‘ldi. Mashhur teleserial 15-iyundan “Zo‘r TV” telekanali orqali efirga uzatiladi va kechki payt vaqtingizni mazmunli tashkil qiladi.

Ko‘pchilik tomoshabinlar uchun “Muhtasham yuz yil” va “Kosem Sulton” kabi mashhur seriallar tanishdir. Agar siz Usmoniylar imperiyasi kim tomonidan tashkil etilgani va usha paytda ko‘chmanchi bo‘lgan xalq qanday qilib birlashtirilganini bilmoqchi bo‘lsangiz, unda ushbu tarixiy voqealarni o‘zida aks etgan “Ertug‘rul” serialini tomosha qiling. Film Buyuk Usmoniylar imperiyasi shakllanishni boshlagan davrgdagi tarixiy voqealar girdobiga tortib ketadi va bosh qahramon – Usmon I ni otasi Ertug‘rulning hayoti, buyuk ko‘chishlar, yangi yerlarning bosib olinishi, tarixiy yurishlar va albatta muhabbat haqida hikoya qiladi.

Ma’lumot uchun: Ertug‘rul turk—o‘g‘uz qabilalari yetakchisi bo‘lgan va 400 nafar otliq bilan O‘rta Osiyodan Anato‘liyaga kelgan. Ertug‘rulni haqli ravishda Usmoniylar imperiyasi otasi deyish mumkin. Bu jangchining jasorati, sabr-toqati va qat’iyati tufayli buyuk yurishlar o‘tkazilib, Usmoniylar imperiyasi shakllantirildi. Uning hukmronligi davrida Kichik Osiyoning g‘arbiy qismi butunlay bosib olingan, uning avlodlari esa imperiyada olti asr mobaynida hukmronlik qilgan.

Suratga olish jarayonini boshlashdan oldin kinoijodkorlar usha davr tarixiy voqealarini diqqat bilan o‘rganib chiqishlariga to‘g‘ri keldi. Serialning har bir qismi voqealarga boydir. Unda hamma narsa uchraydi: muhabbat va go‘zallik, mag‘rurlik va ayyorlik, rahmdillik va qasoskorlik, rashq va qiziqqonlik, voqealar va chiroyli dekoratsiyalar. Eng muhimi – aktyorlarning mahoratli ijrosidir.

Tarqoq qabilalar o‘rtasida ularni birlashtiruvchi mardlik, adolat ramzi bo‘lmish jangchi – Ertug‘rul paydo bo‘lgan. Xalq qahramonining paydo bo‘lishini kutdilar, uning haqqida duo qildilar. Ko‘plab kuchli dushmanlar tufayli zaiflashgan qabilalarning ushbu buyuk jangchi va yetakchi shaxs boshqaruvi orqali yagona kuchga birlashganligi katta mo‘jizadir.

Go‘zal manzaralar, dahshatli janglar , yorqin sujet, betakror liboslar, qahramonlarning xilma-xilligi, ajoyib musiqa, sujet voqealarining paralelligi, bir necha janrlar uyg‘unligi – bularning barchasi yana bir bor serialning o‘ziga xosligidan dalolat beradi. Film juda qiziqarli, dinamik va hayajonli voqealarga boy bo‘lib, bir nafasda tomosha qilinadi. Bu dunyo tarixini o‘zgartirgan shaxs haqidagi voqelar tarixidir. Ertug‘rulning xotini unga barcha harbiy janglarda hamrohlik qilgan. Ular esa o‘zlarining 400 kishilik qo‘shini bilan mo‘g‘ullarni tor-mor etib, Anato‘liya yerlarini birlashtirish va buyuk Imperiya yaratishga muvaffaq bo‘lganlar.

“Zo‘r TV” telekanali ushbu filmni namoyish etish eksklyuziv huquqini qo‘lga kiritdi va dublyajga milliy kinoindustriyaning taniqli vakillarini taklif etdi. Bular:

Alisher Uzoqov, Sanjar Sa’dullayev, Mahmud Ismoilov, Boir Xolmirzayev, Oybarchin Bakirova, Nazokat Oxunova va Nasiba Mahmudovadir.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Kino Yangiliklari | | Теги: namoyish etiladi, tarixiy seriali, Ertug‘rul, 15-iyun, boshlab | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя