Главная » 2021 » Январь » 16 » 16 yanvar kuni respublika hududiga iliq havo oqimi kirib kelishda davom etadi
08:04

16 yanvar kuni respublika hududiga iliq havo oqimi kirib kelishda davom etadi


16 yanvar kunduz kuni respublika hududlarida iliq havo massalari kirib kelishi saqlanib turadi, deb xabar bermoqda «O‘zgidromet».

Qayd etilishicha, bugun yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Ba'zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy yo‘nalishdagi shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 15-20 daraja iliq bo‘ladi.

Poytaxtda ham havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kuchsiz shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Havo 17-19 daraja iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ertalab tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 m/s gacha esadi. Qor ko‘chishi xavfi bor. Kunduzi harorat 10-15 daraja iliq bo‘ladi.


Manba: "kun.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: iliq, havo, oqimi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя