Главная » 2021 » Февраль » 8 » 18 yillik qamoqdan so‘ng aybsiz deb topilgan shaxsga 3,5 million dollar to‘lanadigan bo‘ldi
21:03

18 yillik qamoqdan so‘ng aybsiz deb topilgan shaxsga 3,5 million dollar to‘lanadigan bo‘ldi


Polshada istiqomat qiluvchi Tomash Komenda 18 yillik qamoq jazosi uchun qariyb 13 million zlotiy (taxminan 3,5 million dollar) oladigan bo‘ldi.

O‘n sakkiz yil muqaddam Polshaning kichik bir shaharchasida 15 yoshli qiz halok bo‘lgan — uni zo‘rlashib, sovuqda qoldirib ketishgan. 23 yoshli Komenda ushbu jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topilib, 25 yilga ozodlikdan mahrum etilgan. Yaqinda ishga oid yangi ma’lumotlar, xususan, mahkumning aybsizligini isbotlovchi ekspertiza xulosalari paydo bo‘ldi. Natijada Tomas Komenda qotillik va zo‘rlashda aybsiz deb topildi va 18 yil turmada o‘tirib chiqqandan so‘ng jazodan ozod qilindi.

Ozodlikka chiqqandan so‘ng Komenda davlatdan tovon puli talab qilishga qaror qildi va sud orqali unga qamoqda o‘tkazgan har bir yil uchun bir milliondan, jami 18 million zlotiy (taxminan 4,8 million dollar) to‘lashni talab qildi.

RMF FM portalining xabar berishicha, dushanba kuni Opole shahar sudi Komendaga kompensatsiya va tovon puli sifatida 12 million 811 ming 533 zlotiy berish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Sud majlisi yopiq tartibda o‘tkazilgan.

Ayni paytda huquqni muhofaza qilish idoralari qizning o‘limida haqiqiy aybdorlarni topishga muvaffaq bo‘lishdi. Ularning ikkalasi ham 25 yildan ozodlikdan mahrum qilindi.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: shaxsga, aybsiz, dollar, Million, to‘lanadigan, qamoqdan | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar

Copyright © Tarona.net Media 2014-2021 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя