Главная » 2020 » Март » 28 » 1981 yilda yozilgan kitobda 2019 yilda koronavirusning tarqalishi bashorat qilinganmidi?
19:53

1981 yilda yozilgan kitobda 2019 yilda koronavirusning tarqalishi bashorat qilinganmidi?


"Alimoff"  telegram kanalida koronavirus bilan bog‘liq mish mishga oydinlik kiritishga harakat qilindi.

Menga so‘ngi kunlarda juda ham ko‘plab xatlar kelmoqda, ularda asosan 4 ta rasm. Bu amerikalik yozuvchi Din Kunsning “Zulmat ko‘zlari” asarida keltirilgan so‘zlarga bog‘liq. Keling bugun shuni ko‘rib chiqamiz va haqiqatni yuzaga chiqaramiz.

Ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalgan fitna nazariyasiga ko‘ra, amerikalik yozuvchi Din Kuns 1981 yilda yozgan romanida, 2019-2020 yillarda koronavirus tarqalishini bashorat qilgan. Bu xabarlar “Zulmat ko‘zlari” kitobining muqovasi va Kuns o‘z romanida koronavirusni tasvirlaydigan sahifalardan iborat. Bu ijtimoiy tarmoqlarda katta muhokamalarga sabab bo‘lmoqda.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilayotgan ko‘plab da’volar, kitobning muqovasini va “Wuhan-400” virusi haqidagi sahifani ko‘rsatadi. Kuns kitobining keng tarqalgan sahifasida ta’kidlangan matn: “Ular buni “Wuhan-400“ deb nomlashdi, chunki u Uxan shahri atrofidagi RDNK laboratoriyalarida ishlab chiqilgan va bu ushbu ilmiy markazda yaratilgan texnogen mikroorganizmlar ichida, yashashi mumkin bo‘lgan to‘rt yuzinchi shtamm edi.”

Ayrim da’volarga 2020 yilda “pnevmoniyaga o‘xshash og‘ir kasallik” ning paydo bo‘lishi haqidagi qo‘shimcha sahifa ham kiritilgan.

Bu qisman yolg‘on. Kuns o‘z romanida xayoliy virus haqida yozgan bo‘lsa-da, uning “Wuhan-400” degan nomi COVID-19 ilk marta boshlangan Xitoy shahriga tegishli ekanligi haqiqat bo‘lsa-da, uning kitobidagi kasallik xayolot mahsuli va uning COVID-19 bilan umuman aloqasi yo‘q.

O‘z romanida Kuns “Wuhan-400” ni “Xitoyning o‘n yillikdagi eng muhim va xavfli yangi biologik quroli” deb ta’riflagan. U shuningdek, ushbu virus Uxan shahridan tashqaridagi laboratoriyalar tomonidan ishlab chiqilganligini yozgan.

Yangi koronavirusning aynan laboratoriyada yaratilganligi haqida hech qanday dalillar yo‘q. Virus o‘tgan yilning oxirida, Uxandagi oziq-ovqat bozorida yovvoyi hayvonlarining noqonuniy savdosi paytida paydo bo‘lgan deb taxmin qilinadi. Tibbiyot mutaxassislari, bu virus ko‘rshapalaklarda paydo bo‘lishi va keyin ehtimol boshqa tur orqali odamlarga yuqqan bo‘lishi mumkin deb hisoblashadi.

Kitob va hayotdagi viruslarning farqi

Reyters agentligi Kunsning kitobidagi “Wuhan-400” ning qo‘shimcha ma’lumotlarini ko‘rib chiqdi.

Ushbu asardagi “Wuhan-400” alomatlari va simptomlari real hayotdagi COVID-19 dan juda katta farq qiladi. Romanda, virusning inkubasiya davri “atigi to‘rt soat” deb berilgan bo‘lsa, COVID-19 ning inkubasiya davri 1-14 kun oralig‘ida kuzatiladi. Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining ma’lumotlariga ko‘ra, koronavirusning eng ko‘p uchraydigan inkubasiya vaqti taxminan besh kundir.

Kuns shuningdek, o‘z asarida “Wuhan-400” ni “o‘lim darajasi 100%” bo‘lgan kasallik deb ta’riflaydi. “Bir marta yuqtirilgan bo‘lsa, hech kim yigirma to‘rt soatdan ko‘proq yashamaydi. Ko‘pchilik o‘n ikki soatda o‘ladi ”, deb yozadi u. COVID-19 ning o‘lim darajasi esa bundan ancha yiroq, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, Uxandagi o‘lim holatlari 2% dan 4% gacha va Uxandan tashqarida 0,7% bo‘lgan.

Kuns tomonidan tavsiflangan alomatlar ham, COVID-19 dan farq qiladi. Romandagi “Wuhan-400” “miya to‘qimasini tom ma’noda yeydigan toksin sekresiyasini keltirib chaqiradi va tananing o‘z funksiyalari nazoratini yo‘qotishiga olib keladi. Kasal shunchaki organlarini ishlatishi kerak bo‘lgan pulsni yo‘qotadi va unda nafas olish xohshi yo‘qoladi”, deb yozadi Kuns. COVID-19 infeksiyasida esa turli xil alomatlar mavjud, ular orasida isitma, yo‘tal, nafas qisilishi va nafas olish qiyinlashishi. Yengil holatlar shamollashga o‘xshash alomatlarga olib kelishi mumkin, og‘ir holatlarda esa pnevmoniya, o‘tkir respirator kasalliklar, buyrak yetishmovchiligi va o‘limga olib kelishi mumkin.

Romanda “Wuhan-400” Ebola virusiga qaraganda “nihoyatda yomon” deb tasvirlangan, ammo COVID-19 Ebolaga qaraganda kamroq xavflidir. JSST ma’lumotlariga ko‘ra, Ebola virusidan o‘lim darajasi o‘rtacha 50% ni tashkil etadi, shu bilan birga, o‘tgan davrda o‘lim holatlari 25% dan 90% gacha o‘zgargan. Yangi koronavirusning o‘lim darajasini esa yuqorida keltirib o‘tdik.

Xaqiqat qayerda?

Yana shuni ta’kidlash kerakki, 1981 yilda chop etilgan “Zulmat ko‘zlari” romanining birinchi nashrida, xayoliy virus Xitoy, shahri nomi bilan emas, balki ruslar yashagan joy nomidan kelib chiqib “Gorki” (Gorki-400) deb nomlangan. Romanning ilk asl nusxasida virus “Gorki” shahri atrofida ishlab chiqilgan va u “Sovet Ittifoqining o‘n yillikdagi eng muhim, xavfli yangi biologik quroli bo‘lishi kerak edi" deyiladi. Buni Google Books tomonidan kitobning 1981 yilda nashr qilingan sonidan “Gorki” so‘zini qidirish bilan aniqlash mumkin. Ushbu nashrda “Wuhan-400” so‘zini qidirish hech qanday natija bermaydi.


Manba: "aniq.uz"
| Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя