Главная » 2020 » Октябрь » 11 » 19 yildan so‘ng Rossiyani jahon neft bozorida uchratmaysiz — Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi
10:10

19 yildan so‘ng Rossiyani jahon neft bozorida uchratmaysiz — Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi


Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon al-Saud jahon neft bozori kelajagi haqida «Bloomberg»ga katta intervyu berdi.

Ko‘p gaplar aytilgan, xususan, global bozor tizgini to‘liq Saudiya Arabistoni qo‘liga o‘tishi, 19 yildan keyin Rossiyada neftni o‘zlashtirish darajasi o‘ta qisqarib ketib, hatto jahon «qora oltin» bozorini tark etishi mumkinligigacha to‘xtalib o‘tilgan.

Shahzodaning ta’kidlashicha, vaziyat Saudiya Arabistoni foydasiga yaxshilanib bormoqda, negaki jahonda sanoqligina neft qazib oluvchilar qolmoqda.

«Neftga talab 2030-yilga qadar tinmay o‘sadi (yiliga 1 foiz, hatto 1,5 foizgacha). Ayrimlar 2030-yildan neftga talab kamayishni boshlaydi, deb hisoblashmoqda. Bizning hisob-kitoblarga ko‘ra esa ko‘plab ishlab chiqaruvchilar neft bozorini tark etadi», — dedi Al-Saud.

Nafaqat Rossiya, shuningdek, Xitoy ham neft bozoridan chiqib ketadi.

«Masalan, Xitoy, besh yildan so‘ng global bozordan chiqib ketmagan taqdirida ham ishlab chiqarishni keskin qisqartiradi. Shu tarzda davom etadi, har kuni bittadan mamlakat neft konlarini yopib boradi. 19 yildan so‘ng Rossiyada ham neft qazib olish, agar batamom to‘xtab qolmasa, keskin qisqarib ketadi», — dedi saudiyaliklar shahzodasi.

Saudiya Arabiston kelajakda hozirgidan ancha ko‘p neft sotmoqchi.

«Nazarimizda bu sohada Saudiya Arabistoni uchun hech qanday muammo yo‘q. Elektrda uchayotgan samolyotlar, elektrda suzayotgan kemalarni hozircha ko‘rmayapmiz. Neft kimyosi sanoatining «qora oltin»ga talabi, umuman neft kimyosining 10-20-30 yillardan keyingi istiqbolini o‘zingiz tasavvur qilib ko‘ring-a», — deya qo‘shimcha qildi Muhammad bin Salmon al-Saud.

Jahon neftining 85,8 foizi 10 mamlakat qo‘lida


Manba: "xabar.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: Saudiya Arabistoni, valiahd, Rossiyani, neft bozorida, shahzodasi, uchratmaysiz, Jahon | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя