Главная » 2021 » Июнь » 24 » 19 yoshli qizning ish joyida zo‘rlangani holati bo‘yicha prokuratura ma’lumot berdi
12:03

19 yoshli qizning ish joyida zo‘rlangani holati bo‘yicha prokuratura ma’lumot berdi


Samarqand viloyatidagi korxonalarining birida ishlagan 19 yoshli qiz tungi navbatchilik vaqtida zo‘rlangani aytilgandi. Keyinchalik holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi va gumondor qamoqqa olindi. Viloyat prokurori ushbu jinoyat ishini shaxsiy nazoratiga olgani ma’lum qilindi.

Qayd etilishicha, M.B.ning F.A. o‘zining Spark avtomashinasida uning qo‘llarini bog‘lab, majburlab nomusiga tekkani to‘g‘risidagi murojaati yuzasidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruv natijasiga ko‘ra 12 iyun kuni jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

23 iyun kuni viloyat prokurori Ravshan Masharipov va senator Farmon Toshev boshchiligida viloyat prokuraturasi va IIB rahbarlarining sohaviy o‘rinbosarlari, tarmoq rahbarlari, IIB tergovchilari, jabrlanuvchi, ayblanuvchi, ularning vakillari va himoyachilari, keng jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirokida muhokama qilindi.

Muhokama jarayonida viloyat prokurori jinoyat ishi yuzasidan tergov harakatlari malakali o‘tkazilmaganini, muqaddam shunga o‘xshash holatlarda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar hali ham takrorlanib kelayotganini, aybdor aniq bo‘lsa-da, holat ijtimoiy tarmoqlarda yoritilgandan so‘ng ayblanuvchiga nisbatan 21 iyun kuni ehtiyot chorasi tanlanganini ta’kidladi.

Ma’lum qilinishicha, viloyat prokurori tomonidan jinoyat ishi yuzasidan tergov harakatlarini davom ettirish prokuratura organlari tergovchilariga topshirilib, shahar IIB xodimlarining harakatlari bo‘yicha ichki ishlar vaziri nomiga xizmat tekshiruvi tayinlandi va ish prokurorning shaxsiy nazoratiga olingan.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: zo‘rlangani, Prokuratura, qizning | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя