Главная » 2020 » Март » 3 » 1 apreldan Toshkentda uy sotib olayotganda propiska talab qilinmaydi
20:11

1 apreldan Toshkentda uy sotib olayotganda propiska talab qilinmaydi


O‘zbekiston Prezidenti “2017–2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi farmonni imzolagani haqida xabar bergandik. 

Farmon bilan keng jamoatchilik istaklarini va xalqaro ekspert jamoatchiligi tavsiyalarini inobatga olgan holda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari, Vazirlar Mahkamasi va Inson huquqlari bo‘yicha milliy markazining quyidagi takliflariga rozilik berildi:

•    2020 yil 1 apreldan boshlab Toshkent shahri va Toshkent viloyatida ko‘chmas mulkni olishda O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun ushbu hududlarda doimiy propiskaga ega bo‘lish talab qilinmasligini ko‘zda tutuvchi tartibni joriy etish;

•    O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashovchi va respublikaning boshqa mintaqalarida doimiy propiskaga ega bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari tomonidan Toshkent shahri va Toshkent viloyatidagi yangi qurilgan uylarda ko‘chmas mulk oldi-sotdisi shartnomalarini rasmiylashtirish uchun davlat bojining alohida stavkasini bekor qilish.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 2020 yil 1 aprelga qadar qonun hujjatlariga mazkur banddan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilishini ta’minlasin, unda, shu jumladan, quyidagilarni nazarda tutadi:

•    doimiy propiskaga qo‘yishda O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kodeksining bir kishi uchun turar-joy maydonining ijtimoiy normasi to‘g‘risidagi qoidalariga rioya etish bo‘yicha talablarni;

•    propiskaga qo‘yish bilan bog‘liq jarayonlar va ularni “yagona darcha” tamoyili asosida amalga oshirish mexanizmlari raqamlashtirilishini ta’minlashni;

•    hududlarda oliy ta’limning talab yuqori bo‘lgan yo‘nalishlarida o‘qitishni tashkil etish, shu jumladan, Toshkent shahrida joylashgan yetakchi oliy ta’lim muassasalarining filiallarini ochishni;

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasida 2030 yilgacha urbanizatsiyani rivojlantirish konsepsiyasini ishlab chiqishda respublika aholisi uchun Toshkent shahri bilan bir qatorda qo‘shimcha ravishda “o‘ziga tortuvchi markazlar”ni yaratish maqsadida tabiiy va ijtimoiy-iqtisodiy salohiyatga ega eng yirik shaharlarni belgilashni nazarda tutadi.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя