Главная » 2020 » Июнь » 10 » 1 avgustdan so‘ng "import mashina" narxi qancha bo‘ladi?
12:05

1 avgustdan so‘ng "import mashina" narxi qancha bo‘ladi?


Norma ekspertlari yengil avtomobillar misolida import qilinadigan transport vositalari narxi qanchaga o‘zgarishini ma'lum qilishdi.

Deylik, hajmi 1000 kub sm.dan ortiq bo‘lmagan dvigatelga ega avtomobilning narxi — 6000 dollar.

2020 yil 1 avgustga qadar:

- Bojxona to‘lovi — 3240$ (avtomobil o‘rtacha narxining 54%i);
- Aksiz solig‘i — 1920$ (avtomobil o‘rtacha narxining 32%i);
- QQS — 1674$ (avtomobil o‘rtacha narxining, bojxona to‘lovi va aksizning 15%i);
- Bojxona yig‘imi — 25$
- Utilizatsiya yig‘imi — 0.

Shunda jami “rastamojka” to‘lovi 6859$ bo‘lib, avtomobilning oxirgi narxi 12 859 dollarni tashkil qiladi.

2020 yil 1 avgustdan keyin:

- Bojxona to‘lovi — 3240$ (avtomobil o‘rtacha narxining 54%i);
- Aksiz solig‘i — 0;
- QQS — 1386$ (avtomobil o‘rtacha narxining, bojxona to‘lovi va aksizning 15%i);
- Bojxona yig‘imi — 25$
- Utilizatsiya yig‘imi — 659$ (BHMning 30 baravari dollarda).

Shunda jami “rastamojka” to‘lovi 5310$ bo‘lib, avtomobilning oxirgi narxi 11130 dollarni tashkil qiladi. Farq — 1549$.

Shu bilan birga, hajmi 3000 kub sm.dan ortiq bo‘lgan va 3500 kub sm.dan yuqori bo‘lmagan dvigatelga ega avtomobilning narxi 30000 dollar. 1 avgustdan uning narxi 6740 dollarga arzonlashadi.

Shunday qilib, 1000 kub sm.gacha bo‘lgan hajmli dvigatelga ega avtomobillar narxi 12%ga, 3000 kub sm.dan ortiq bo‘lgan va 3500 kub sm.dan yuqori bo‘lmagan hajmli dvigatelga ega avtomobil narxi esa 10%ga arzonlaydi, deb xulosa qiladi Norma ekspertlari.


Manba: "sof.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: 1 avgustdan, import mashina, narxi, qancha bo‘ladi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя