Главная » 2021 » Январь » 3 » 1 fevraldan ish haqlari 10 foizga oshadi
12:00

1 fevraldan ish haqlari 10 foizga oshadi


Adliya vazirining matbuot kotibi ma’lum qilishicha, Prezidentning tegishli qaroriga (PQ-4938-son, 30.12.2020 y.) asosan:

2021 yil 1 fevraldan boshlab byudjet muassasalari va tashkilotlari xodimlarining ish haqi hamda stipendiyalar miqdori 1,1 barobarga oshiriladi.

2021 yil 1 fevraldan boshlab O‘zbekiston Respublikasi hududida:

➖ mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori – oyiga 747 300 so‘m;

➖ bazaviy hisoblash miqdori – 245 000 so‘m etib belgilanadi.

Shuningdek, qaror bilan 2021 yil 1 yanvardan Moliya vazirligi huzuridagi Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasi tugatiladi.

Jamg‘arma hisobidan ajratilgan mablag‘larning o‘zlashtirilmagan qismi hamda jamg‘armaning joriy yil oxiriga qoldiq mablag‘lari davlat byudjetiga o‘tkaziladi.

2021 yilda koronavirus infeksiyasining tarqalishiga qarshi kurashish tadbirlari davlat byudjetida koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashish va vaksina sotib olish xarajatlari doirasida moliyalashtiriladi.


Manba: "aniq.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: fevraldan, oshadi, ish haqlari | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя