Главная » 2017 » Январь » 26 » 1 fevraldan O‘zbekistonda yangi telekanal ish boshlashi kutilmoqda
16:08

1 fevraldan O‘zbekistonda yangi telekanal ish boshlashi kutilmoqda


Avvalroq, O‘zbekiston Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi raisi Firdavs Abduxoliqovning aytganlariga tayangan holda tez orada O‘zbekistonda 3 ta yangi telekanal ish boshlashi haqida xabar bergan edik.
 
“Futbol TV”, “Karavan TV” hamda “Zo’r TV” deb nom olgan telekanallar allaqachon lisenziya olib bo‘lgan. Ma’lumotlarga qaraganda, “Futbol TV” “UzReport” telekanali qoshida, “Karavan TV” esa “MY5” telekanali qoshida tashkil etilmoqda.
 
Uch telekanal orasida birinchi bo‘lib o‘z ishini “Zo’r TV” boshlashi kutilmoqda. Anchadan buyon teledasturlarni suratga olib kelayotgan telekanal efirlarini 1 fevraldan boshlash rejalashtirilmoqda.
 
Tasdiqlanmagan ma’lumotlarga qaraganda, telekanal “Vodiy sadosi” radiosi hamda “Artel”, “Imzo” shirkatlari rahbariyati muassisligida tashkil etilgan.
 
Uzunquloq gaplarga qaraganda, O‘zbekistonda bir vaqtlar faoliyati tugatilgan xususiy telekanallar va jurnallar xodimlari, teleboshlovchilar va jurnalistlar “Zo’r TV”ga ishga qabul qilingan. Asosan ko‘ngilochar ko‘rsatuvlarni efirga uzatishni rejallashtirgan telekanalning bosh rejissyorlik vazifasi esa xonanda Jahongir Poziljonovga ishonib topshirilgan. 


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Shou-biznes habarlari | | Теги: yangi telekanal | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя