Главная » 2018 » Февраль » 21 » 1 iyuldan davlat xizmatchilarining ish haqlari oshirilishi mumkin
20:28

1 iyuldan davlat xizmatchilarining ish haqlari oshirilishi mumkin


Shavkat Mirziyoevning Qashqadaryo viloyatiga qilgan tashrifida bergan topshirig‘iga asosan, 2018 yilda davlat xizmatlari sifatini yaxshilash hamda byudjet xodimlarining kasb mahoratini oshirishni rag‘batlantirish uchun byudjet sohasi ayrim xodimlari ish haqi miqdorlarini tabaqalashtirilgan holda oshirish rejalashtirilgan.

Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirining birinchi o‘rinbosari Mubin Mirzaev ma’lum qilgan.

Mubin Mirzaevning qo‘shimcha qilishicha, davlat xizmatchilarining ish haqlari qo‘shimcha ravishda amaldagi inflyatsiya darajasidan kelib chiqib, joriy yilning 1 iyulidan 6-8 foiz oshirish mo‘ljallanmoqda. Yil oxiriga borib yana shuncha miqdorda ko‘paytirilishi rejalashtirilgan.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: davlat xizmatchilari, oylik | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя