Главная » 2020 » Апрель » 6 » 1 maydan Ai-80 markali benzin va dizel yoqilg‘isi narxini davlat tomonidan tartibga solish bekor qilinadi
15:55

1 maydan Ai-80 markali benzin va dizel yoqilg‘isi narxini davlat tomonidan tartibga solish bekor qilinadi


1 maydan Ai-80 markali benzin va dizel yoqilg‘isi (shu jumladan EKO markali dizel yoqilg‘isi) chakana narxini davlat tomonidan tartibga solish bekor qilinadi. Bu Prezident Mirziyoyev tomonidan 4 aprel kuni imzolangan “Neft-gaz tarmog‘ining moliyaviy barqarorligini oshirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida” qarorda ko‘zda tutilgan.

Hujjatda qayd etilishicha, 1 maydan boshlab neftni qayta ishlash zavodlari tomonidan Ai-80 markali avtomobil benzini va dizel yoqilg‘isi faqat birja savdolari orqali sotilishi yo‘lga qo‘yiladi.

Qarorda dizel yoqilg‘isi, shu jumladan EKO markali dizel yoqilg‘isini 2020 yilning I choragidagi birja savdolari natijalariga ko‘ra shakllangan o‘rtacha narx bo‘yicha to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar asosida sotib olishi mumkin bo‘lgan tashkilotlar ro‘yxati belgilab berilgan. Bular:

– budjet tashkilotlari

– paxta xomashyosi va g‘alla ishlab chiqaruvchi fermer xo‘jaliklari

– paxta-to‘qimachilik klasterlari

– “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ

– “Toshshahartransxizmat” AJ

– maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqish bo‘yicha davlat korxonalari.

Shuningdek, ushbu tashkilotlarga dizel yoqilg‘isi neftni qayta ishlash zavodlaridan neft mahsulotlarini birja savdolari orqali xarid qilish huquqini taqdim etgan holda sotiladi.

Neftni qayta ishlash zavodlari “O‘zbekneftgaz” AJ neft bazalarining buyurtmanomalariga ko‘ra yuqorida sanab o‘tilgan tashkilotlarga dizel yoqilg‘isi, shu jumladan EKO markali dizel yoqilg‘isini “O‘zbekneftgaz” AJ tomonidan belgilanadigan chegirma asosida sotadi.


Manba: "kun.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя