Главная » 2019 » Декабрь » 27 » 1 Odamning samarali ish faoliyatiga nima ko‘proq ta’sir qiladi: maqtovmi yoki tanqid?
09:58

1 Odamning samarali ish faoliyatiga nima ko‘proq ta’sir qiladi: maqtovmi yoki tanqid?


Chikago (AQSh) universiteti ruhshunoslari odamning yaxshiroq ishlashi uchun tanqid ko‘proq ta’sir qiladimi yoki maqtov degan savolga javob topish maqsadida tajriba o‘tkazdi. Tadqiqot Amerika kompaniyalaridan birining call-markazida ishlovchi (telefon qo‘ng‘iroqlariga javob beruvchi) 422 xodim ishtirokida  o‘tkazildi. Sinov davomida ko‘ngillilarga savollar berishdi va har bir javobni baholab borishdi. Jarayonda ularning yarmiga qo‘llab-quvvatlovchi fikrlar bildirildi, yarmi esa tanqid qilindi.
Aniqlanishicha, maqtov tanqidga qaraganda ko‘proq samara berar ekan. Chunki birinchi savol-javob bosqichida qo‘llab-quvvatlanganlar ikkinchi bosqichda berilgan savollarga yana-da ishonchliroq javob qaytarishgan va 62 foiz holatda javoblar to‘g‘ri deb topilgan. Tanqidga uchraganlar bergan javoblarining 48 foizigina talab darajasida bo‘lgan. 
Ana shu tadqiqotlardan kelib chiqqan holda ruhshunoslar tanqid insonning o‘ziga bo‘lgan ishonchini sindiradi va o‘qib-o‘rganishiga xalaqit beradi degan xulosaga kelishgan. 
Demak, amerikalik olimlar maqtov insonga tanqiddan ko‘ra ko‘proq quvvat beradi, ko‘proq rag‘batlantiradi degan  oddiy aksiomani ilmiy asoslab bera olishgan. Shunday bo‘lsa-da har qanday holatda ham maqtoq yoki tanqid qilishda me’yorni bilish o‘rinlidir.

Manba: "xabardor.uz"
Категория: Maslaxatlar | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя