Главная » 2020 » Май » 29 » 1-sinfga qabul jarayoni qachon boshlanishi ma’lum qilindi
18:09

1-sinfga qabul jarayoni qachon boshlanishi ma’lum qilindi


maldagi tartibga ko‘ra, har yili 1-iyundan 31-avgustga qadar respublikadagi barcha maktablarning 1-sinfiga qabul jarayonlari amalga oshirilgan. Buning uchun ota-onalar to‘g‘ridan-to‘g‘ri maktablarga borib hujjatlarni topshirgan.  
Xalq ta’lim vazirligi matbuot kotibi Anvar Umarovning ma’lum qilishicha, karantin sharoitida buni amalga oshirish, ya’ni ota-onalarning ta’lim muassasalariga yozgi mavsumda ham kelishlarini ta’minlashda muammo yuzaga keladi.
Ayni paytda ushbu masala yuzasidan xalq ta’limi vazirligi o‘z takliflarini ishlab chiqmoqda. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida 2020-yil 30-aprelda o‘tkazilgan 28-sonli yig‘ilish bayoniga muvofiq respublikada karantin cheklovlari bosqichma-bosqich yumshatilib borilayotganligini inobatga olib, hamda pandemiya ta’siri to‘liq bartaraf etilguniga qadar 1-sinfga qabul jarayonlarini iyun oyidan iyul va avgust oyiga ko‘chirish belgilangan. Buning natijasida:
–  ota-onalarning maktablarga tashrifini cheklash orqali karantin qoidalariga to‘liq rioya etilishi ta’minlanadi;
–  iyun oyida umumta’lim maktablari bitiruvchilarining hujjatlarini rasmiylashtirish bilan oliy o‘quv yurtiga hujjatlarni topshirishga tayyorlanadi.

Manba: "xabardor.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: o'quvchi, Maktab, qabul jarayoni, 1-sinf | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя