Главная » 2020 » Январь » 1 » 1 yanvardan eski namunadagi pasportlar o‘z kuchini yo‘qotdi. Pasportini yangisiga almashtirmaganlar jarima to‘laydi
19:13

1 yanvardan eski namunadagi pasportlar o‘z kuchini yo‘qotdi. Pasportini yangisiga almashtirmaganlar jarima to‘laydi


Bugun - 2020 yil 1 yanvardan boshlab eski namunadagi pasportlar o‘z kuchini yo‘qotdi. Endi faqat biometrik pasportlar amalda bo‘ladi.

Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 30 iyundagi 494-son qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining biometrik bo‘lmagan pasportining amal qilish muddati:

mamlakat hududida 2019 yil 31 dekabrga qadar;

chet el hududida pasportning amal qilish muddatiga qadar etib belgilangan.

Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 14 dekabrdagi «O‘zbekiston Respublikasi aholisini biometrik pasport bilan ta'minlash yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbdirlar to‘g‘risida»gi Qarori qabul qilingan edi. Mazkur hujjat talablariga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi hududida fuqarolarning nobiometrik shakldagi pasporti amal qilish muddati 2018 yilning 1 iyul kuniga qadar belgilangan edi. Muddat tugashiga oz qolganida pasport olish yoshiga yetgan va O‘zbekiston Respublikasining nobiometrik shakldagi pasportiga ega bo‘lgan fuqarolar qonunchilikda belgilangan ma'muriy javobgarlikka tortilishi ehtimolini nazarda tutib, aholiga imkoniyat yaratish maqsadida bu muddat 2019 yilning yakuniga qadar uzaytirilgan edi. 

Endilikda eski namunadagi (nobiometrik) fuqarolik pasportini yangisi (biometrik)ga almashtirmagan fuqarolar O‘zbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 223-moddasi birinchi qismiga ko‘ra bazaviy hisoblash miqdorining ikkidan bir qismi (111 500 so‘m)dan uch baravari(669 000 so‘m)gacha miqdorida jarima to‘lashga majbur bo‘lishadi.

Ma'lumot o‘rnida aytish joizki, biometrik shakldagi fuqarolik pasporti O‘zbekiston Respublikasi hududida fuqaro doimiy propiska qilingan tuman (shahar) ichki ishlar bo‘limi huzuridagi Xorijga chiqish, kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limlari tomonidan beriladi.

O‘zbekiston Respublikasining xorijda doimiy yashaydigan fuqarolariga fuqarolik pasporti O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonasi yoki konsullik muassasasi tomonidan beriladi.


Manba: "kun.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя