Главная » 2019 » Декабрь » 31 » 1 yanvardan to‘y-hashamlar yangi tartiblar bo‘yicha o‘tkaziladi. Asosiy o‘zgarishlar
15:32

1 yanvardan to‘y-hashamlar yangi tartiblar bo‘yicha o‘tkaziladi. Asosiy o‘zgarishlar


O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashi va Senati Kengashining «To‘y-hashamlar, oilaviy tantanalar, ma'raka va marosimlar, marhumlarning xotirasiga bag‘ishlangan tadbirlar o‘tkazilishini tartibga solish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida»gi Qo‘shma qarori bilan tasdiqlangan va 2020 yil 1 yanvardan kuchga kiradigan nizomga ko‘ra endilikda oilaviy tadbirlar belgilangan qat'iy talablar asosida o‘tishi lozim.

Jumladan:

- to‘y, oilaviy tadbirlar, ma'raka va marosimlar (dafn marosimidan tashqari) faqat 1 kun bo‘ladi;

- ular soat 6:00-23:00 oralig‘ida o‘tkazilishi lozim;

- to‘ylarda 200 nafargacha, oshda 250 nafargacha odam qatnashishi mumkin;

- qo‘shaloq to‘yda 250 nafar, oshda esa 300 nafargacha odam qatnashishi mumkin;

- kelin-kuyovning to‘yxonaga kelishi va ketishida 3tadan ko‘p bo‘lmagan yengil avtomashinadan foydalanish mumkin;

- dafn marosimlarida cheklanmagan odam qatnashishi mumkin (marhum xotirasiga bag‘ishlab yoziladigan ehson dasturxoni bundan mustasno);

- diniy ma'ruzar belgilangan tartibda ruxsat olgan shaxslar tomonidan o‘qiladi;

- «kelin navkari», «charlar», «ota ko‘rdi», «sep yoydi», «quda chaqirdi», «kuyov chaqirdi», «kelin chaqirdi», «tog‘ora yuborish», «pul sochish» va hokazo ishlarni o‘tkazish mumkin emas;

- «yetti», «payshanbalik», «yigirma», «qirq», «yil oshi», «pul tarqatish», «mato ulashish» va hokazolarni o‘tkazish mumkin emas;

- to‘yxona, kafe va restoranlarda 50 nafar va undan ortiq shaxslar ishtirokida oilaviy tadbirlar o‘tkazish uchun albatta shartnoma tuziladi;

- tadbirlardagi boshlovchi (tamada) san'atkor, xonanda, videochi, fotograf va boshqalar bilan shartnoma tuzilishi lozim;

- tadbirlarda 2 nafardan ortiq xonanda (guruh) xizmat qilishi mumkin emas.

Ichki ishlar organlari profilaktika inspektori fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari bilan birgalikda fuqarolar o‘rtasida to‘ylar, oilaviy tantanalar, ma'raka va marosimlarni ixcham va kamxarj o‘tkazishga, jamiyatda qabul qilingan xulq-atvor normalari va qoidalarini aholi ongiga singdirishga, to‘ylar, oilaviy tantanalar, ma'raka va marosimlarning shuhratparastlik va dabdaba bilan o‘tkazilishining oldini olishga qaratilgan aniq va maqsadli profilaktik tadbirlarni tashkil etishi, shuningdek bunday tadbirlar davomida jamoat tartibini ta'minlashi lozim.

Biroq, hozircha qonunchilikda ushbu tartibni buzganlik uchun javobgarlik belgilanganicha yo‘q. 


Manba: "kun.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя