Главная » 2020 » Декабрь » 29 » 1 yanvardan Toshkentda imtiyozli transport kartalarini bepul olish mumkin bo‘ladi
09:26

1 yanvardan Toshkentda imtiyozli transport kartalarini bepul olish mumkin bo‘ladi


2021 yil 1 yanvardan boshlab “ATTO” operatori tomonidan taqdim etiladigan imtiyozli (talaba, ijtimoiy, o‘quvchi) transport kartalarini Toshkent shahridagi 70 ta oylik yo‘l chiptalari sotish shahobchalaridan olish mumkin. Bu haqda “Toshshahartransxizmat” AJ xabar berdi.

Imtiyozli kartalar bepul bo‘lib, buning uchun kerakli hujjatlarni taqdim etgan holda, fuqaro tanlagan tarif uchun to‘lovni amalga oshirib, imtiyozli transport kartalarini olish mumkin. 

Qayd etilishicha, yanvar oyidan sotuvga chiqariladigan elektron oylik yo‘l chiptalari, yo‘lovchilarga noqulaylik tug‘dirmaslik maqsadida, 2021 yil yanvar oyi uchun avtomatik tarzda 30 kunlik tariflar bilan taqdim etiladi.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: Bepul, imtiyozli, Toshkentda, yanvardan, kartalarini, Transport | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя