Главная » 2021 » Июнь » 20 » «1XBet»da katta pul yutqazgan shaxs IIVga shikoyat qildi
14:38

«1XBet»da katta pul yutqazgan shaxs IIVga shikoyat qildi


Qoraqalpog‘iston IIVning ma’lumotiga ko‘ra,  7-iyun kuni To‘rtko‘l tumanida yashovchi fuqaro O.S. ichki ishlar organlariga shikoyat bilan murojaat qilgan. Unda shikoyatchi To‘rtko‘l tumani Bog‘yop kanal yoqasida uning hamyoni va ichida bo‘lgan 2100 AQSh dollari hamda 3 mln 500 ming so‘m pullari noma’lum shaxslar tomonidan o‘g‘irlab ketilganligini bayon qilgan.

Holat yuzasidan To‘rtko‘l tumani IIB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi (o‘g‘irlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, jinoyat sodir etishi mumkin bo‘lgan shaxslarni aniqlash ishlari avj olgan.

Surishtiruv jarayonida jabrlanuvchining ko‘rsatmalari va tezkor-tergov tadbirlari jarayonida olingan ma’lumotlarda jiddiy tafovutlar mavjudligi sababli, fuqaro O.S.ning hayot tarzi o‘rganilib, uni o‘g‘irlik haqida yolg‘on ko‘rsatmalar berganligi yuzaga chiqqan.

Keltirilgan dalil va isbotlarning ta’siri ostida fuqaro O.S. jinoyat haqida yolg‘on ma’lumot berganligini tan olib, joriy yilning may-iyun oylari davomida o‘ziga tegishli bo‘lgan 2100 AQSh dollari hamda 3 mln 500 ming so‘m pullarini qimor va tavakkalchilikka asoslangan «1Xvet» bukmeykerlik o‘yiniga tikib yutqizib qo‘yganligini bayon qilgan.

Hozirda fuqaro O.S.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 237-moddasi (yolg‘on xabar berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: IIVga, 1xbet, shikoyat, yutqazgan shaxs, Pul | Рейтинг: 2.0/1

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя