Главная » 2018 » Январь » 26 » 2017-yilda O‘zbekistonda benzin ishlab chiqarish hajmi qisqardi
20:35

2017-yilda O‘zbekistonda benzin ishlab chiqarish hajmi qisqardi


2017-yilda benzin ishlab chiqarish hajmi 2016-yildagiga nisbatan 2,5 foizga qisqargan. Bu haqda statistika qo‘mitasi hisobotiga asoslanib, O‘zA xabar bermoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 2017-yilda O‘zbekistonda 1 million 106 ming tonna benzin ishlab chiqarilgan. 2016-yilda bu ko‘rsatkich 1 million 134 ming tonnani tashkil etgan.

O‘tgan yilda dizel yoqilg‘isi ishlab chiqarish hajmi 4,5 foizga qisqargan.

2016-yilda 1 million 8 ming tonna dizel yoqilg‘isi ishlab chiqarilgan bo‘lsa, 2017-yilda O‘zbekistondagi qayta ishlash korxonalari tomonidan 963 ming tonnaga yaqin mazkur turdagi yoqilg‘i ishlab chiqarilgan.

Ayni vaqtda yengil avtomobillar ishlab chiqarish hajmi 58,1 foizga, avtobus ishlab chiqarish 16,4 foizga, yuk avtomobillar ishlab chiqarish sur’ati 7,5 foizga ortgan.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: Benzin | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя