Главная » 2020 » Май » 26 » 2017 yildayoq koronaviruslarga qarshi vaksina ishlab chiqish taklif qilingani ma’lum bo‘ldi
11:11

2017 yildayoq koronaviruslarga qarshi vaksina ishlab chiqish taklif qilingani ma’lum bo‘ldi


Uch yil oldin uchta yirik global farmatsevtika kompaniyalari Yevropa Ittifoqining patogenlarga, xususan, koronaviruslarga qarshi tezkor vaksinalarni ishlab chiqish bo‘yicha taklifini qo‘llab-quvvatlamagan. Bu haqda kecha, 25 may kuni Britaniyaning “The Guardian“ nashri ma’lum qildi.

2017 yilda Yevropa Komissiyasi rejaning amalga oshirilishini ushbu vaksinalar kasallikning paydo bo‘lishidan oldin ishlab chiqilishi va tasdiqlanishi kerakligi bilan izohladi. Ammo bu fikr farmatsevtika kompaniyalarida qo‘llab-quvvatlamagan.

The Guardian ta’kidlashicha, koronavirus pandemiyasiga tayyorgarlik ko‘rmaganligi sababli, farmatsevtika sanoati yuqumli kasalliklarga qarshi kurashda ustuvor vazifalarni bajarmaganlikda ayblanmoqda. Chunki bu kasalliklarga dori ishlab chiqarish surunkali kasalliklarga dori ishlab chiqarishdan ko‘ra kamroq foyda keltiradi.

Eslatib o'tamiz, hozirda 100 ga yaqin vaksina ishlab chiqilmoqda. Ularning 10 nafari klinik ya’ni odamlardan sinovda o‘tmoqda.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: qilingani, taklif, ishlab chiqish, ma’lum bo‘ldi, qarshi, koronaviruslarga, vaksina | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя