Главная » 2020 » Январь » 17 » 2019 yil O‘zbekistonda nechta nikoh bekor qilindi?
22:45

2019 yil O‘zbekistonda nechta nikoh bekor qilindi?


2019 yil mobaynida fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlar tomonidan 188 282 ta ish ko‘rib chiqildi. Mazkur ko‘rsatkich 2018 yilga nisbatan 13,3 foizga kamayganini ko‘rsatmoqda. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi rasmiy vakili Aziz Obidov ma’lum qilmoqda.

Ko‘rib chiqilgan fuqarolik ishlari bo‘yicha 162 327 ta hal qiluv qarorlari chiqarilgan. Ushbu qarorlar bo‘yicha talablarning 86,2 foizdan ortig‘i qanoatlantirilgan.

Nikohdan ajratishga oid ko‘rilgan ishlar tahliliga ko‘ra, ko‘rib tamomlangan 42 350 ta ishning 22 187 tasi bo‘yicha da’vo talablari qanoatlantirilgan (qonuniy nikohlar bekor qilingan). Bundan tashqari, 14 917 tasi bo‘yicha da’vo talablarini qanoatlantirish rad etilgan (qonuniy nikohlar bekor qilinmagan). Shuningdek, 2 327 ta da’vo bo‘yicha ishni yuritish tugatilgan hamda 2 874 tasi ko‘rmasdan qoldirilgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 71 486 ta fuqarolik ishi sayyor sud majlislarida ko‘rib chiqilgan. Aholi bilan 9 922 ta uchrashuv va ochiq muloqotlar o‘tkazilgan.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя