Главная » 2020 » Апрель » 19 » Italiyalik olimlar koronavirusning yangi asoratlarini aniqlashdi
18:50

Italiyalik olimlar koronavirusning yangi asoratlarini aniqlashdi


Koronavirus og‘ir shaklga o‘tganda eritrotsitlardagi gemoglobinga hujum qilib, inson qoniga zarar yetkazishi mumkin. Buni Italiyaning Verona universiteti olimlari o‘tkazgan tadqiqot tasdiqladi, deb yozadi «Hematology, Transfusion and Cell Therapy» jurnali.

Olimlarning ma’lum qilishicha, bu koronavirus infeksiyasi og‘ir kechgan pnevmoniyani davolashda o‘pkani sun’iy ventilyasiya qiluvchi apparatning befoyda bo‘lishi mumkinligini anglatadi, chunki bunday bemorlarning gemoglobini juda pasayib ketadi. Shunga ko‘ra klinik holatni baholash uchun tadqiqotchilar, birinchi navbatda, koronavirusga chalingan bemorlarning gemoglobinini tekshirishni taklif qilmoqda. Bordi-yu, uning darajasi past bo‘lsa, bu virusning rivojlanganligiga ishora qiluvchi xavotirli alomat sifatida baholanadi.

«Pirovard natijada tezda tekshiruv o‘tkazib, o‘lim va og‘ir dard zo‘rayishining oldini olish maqsadida ushbu klinik holatda qon quyish foydali bo‘lish-bo‘lmasligini baholash kerak», — deyiladi xabarda.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: Yangi, olimlar, koronavirusning, Italiyalik, asoratlarini, aniqlashdi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя