Главная » 2020 » Август » 19 » 2020-2021 o‘quv yilidan maktablarda 3 ta fan chuqurroq o‘rgatiladi
21:27

2020-2021 o‘quv yilidan maktablarda 3 ta fan chuqurroq o‘rgatiladi


2020-2021 o‘quv yilidan O‘zbekistondagi umumta’lim maktablarida matematika, kimyo va biologiya fanlari chuqurroq o‘rgatiladi. Bu haqda Xalq ta’limi vazirligi Matbuot kotibi Laylo Rustamova ma’lum qilmoqda. 

Uning qayd etishicha, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 24 yanvarda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga Murojaatnomasi hamda 2020 yil 31 yanvar kuni matematika, kimyo, biologiya va geologiya ilm-fanini rivojlantishga bag‘ishlangan yig‘ilishida ilm-fanning ustuvor yo‘nalishlari sifatida matematika, kimyo, biologiya  va geologiya sohalari belgilandi.

Shu maqsadda, Xalq ta’limi vazirligi tomonidan 2020-2021 o‘quv yilidan boshlab matematika, kimyo va biologiya fanlarini chuqurroq o‘rgatish uchun mazkur fanlarga qo‘shimcha dars soatlari ajratilgan. 

Jumladan:

10-sinf “Matematika” faniga haftasiga 1 soat;
10-11-sinf “Kimyo” faniga haftasiga 1 soatdan (jami 2 soat);
10-11-sinf “Biologiya” faniga haftasiga 1 soatdan (jami 2 soat) o‘qitiladi. 

Shuningdek, 2020 yil “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da mamlakatimizda ta’limning barcha bosqichlarida xalqaro andozalarga to‘liq javob beradigan axborot texnologiyalari joriy etilishi munosabati bilan 5-6-sinflarda “Informatika va axborot texnologiyalari” faniga haftasiga 0,5 soatdan (jami 1 soat) qo‘shib berilgan.

Endilikda, xalq ta’limi tizimida 2020-2021 o‘quv yilidan boshlab:

•    matematika fani haftasiga 55 soat (o‘tgan yilda 54 soat);
•    kimyo fani haftasiga 12 soat (o‘tgan yilda 10 soat);
•    biologiya fani haftasiga 15 soat (o‘tgan yilda 13 soat);
•    informatika fani haftasiga 10 soat o‘qitiladi (o‘tgan yilda 9 soat) o‘qitiladi. 


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: chuqurroq, 2020-2021, 3 ta fan, o‘rgatiladi, Maktablarda, o‘quv yilidan | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя