Главная » 2020 » Декабрь » 27 » 2020 yilda eng ko‘p boylik orttirgan Rossiya milliarderlari reytingi tuzildi
11:27

2020 yilda eng ko‘p boylik orttirgan Rossiya milliarderlari reytingi tuzildi


“Forbes” jurnali 2020 yilda boyligi eng ko‘p o‘sgan rossiyalik milliarderlar reytingini tuzdi.

Reytingda birinchi o‘rinni "Nafta Moskva" moliyaviy-ishlab chiqarish guruhi rahbari Sulaymon Kerimov egalladi. U bir yilda 11,5 milliard AQSH dollariga boyigan. Uning boyligi o‘sishiga oltin narxining yil davomida yuqorilashi sabab bo‘ldi. Hozirda Kerimov va oilasining boyligi 20,9 milliard AQSH dollarga baholanmoqda.

Ikkinchi o‘rinni “NLMK” hamraisi Vladimir Lisin egalladi. Yil davomida uning boyligi 5,4 milliard dollarga o‘sib, 26,2 milliard AQSH dollarini tashkil etdi. Lisinning boyligi ortishiga po‘lat narxlarining ko‘tarilishi sabab bo‘lgan.

Uchinchi o‘rin USM Holdings hammuassisi Alisher Usmonovga nasib etdi. Bir yil ichida u 3,6 milliard AQSH dollariga boyidi va hozir uning boyligi 16,1 milliard dollarga baholanmoqda. Ro‘yxatning boshqa a’zolari singari, Alisher Usmonovga ham metallurgiya mahsulotlarining narxi ko‘tarilishi yordam bergan.

Qayd etilishicha, boyligi 2020 yilda eng ko‘p o‘sgan o‘nta rus milliarderlarining boyliklari jami 33 milliard AQSH dollariga o‘sgan.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: reytingi, Rossiya, milliarderlari, orttirgan, Boylik | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя