Главная » 2019 » Декабрь » 28 » 2020 yildan test sinovlarida abituriyentlarga 105 ta savol tushadi – DTM
20:35

2020 yildan test sinovlarida abituriyentlarga 105 ta savol tushadi – DTM


2020 yildan test sinovlarida abituriyentlarga test sinovlarida 105 ta savolga javob berishadi. Bu haqda bugun, 28 dekabr kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Davlat test markazi rahbariyati va mutasaddilari ishtirokida o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma'lum qilindi.

DTM Test texnologiyalarini rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i Sevar Zuparxodjayeva 2019 yil 15 maydagi prezident qarorida 2020–2021-o‘quv yilidan boshlab OTMning qabul test sinovlariga uchta majburiy fan – ona tili (o‘zbek, rus yoki qoraqalpoq tillari), matematika va O‘zbekiston tarixi kiritilganini, shu bilan birga, abituriyent topshirgan ta'lim yo‘nalishiga qarab yana ikkita fandan imtihon topshirishini ma'lum qildi. Shunga ko‘ra, 2020 yildan abituriyentlar jami 5 ta fandan test topshirishadi.

“Fanlar majmuasi, testlar soni va baholash mezoni shu yilning dekabr oyida Davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlandi. Jumladan, har bir fan bo‘yicha savollar soni ham tasdiqlab berildi. Masalan, ona tili (o‘zbek, rus yoki qoraqalpoq tillari), matematika va O‘zbekiston tarixi fanlarining har biridan 15tadan savol beriladi. Jami bo‘lib majburiy fan blokida 45 ta savol bo‘ladi.

Ilgari test savollariga 1.1, 2.1, 3.1 ballar berilgan bo‘lsa, keyingi o‘quv yilidan boshlab majburiy fanlar bo‘yicha berilgan to‘g‘ri javoblarga bir xil – 2.1 ball beriladi. Abituriyent majburiy blokdagi 45 ta savolning barchasiga to‘g‘ri javob bergan taqdirda 94.5 ball oladi.

Test sinovlarida mutaxassislikka oid 2 ta fandan savollar bo‘ladi. Har bitta fandan 30 tadan savol berilgan bo‘lib, ikkala fan bo‘yicha berilgan to‘g‘ri javob 3.1 ball bilan baholanadi. Bitta fan bo‘yicha maksimal 93, ikkita fan bo‘yicha esa 186 ball to‘plash mumkin.

Beshta fandan beriladigan barcha 105 ta savolga to‘g‘ri javob berilgan taqdirda 280.5 ball to‘plash mumkin. Ijodiy imtihonlar mavjud yo‘nalishlarda baholash mezoni boshqacha bo‘ladi”, deya DTM Test texnologiyalarini rivolantirish boshqarmasi boshlig‘i Sevar Zuparxodjayevaning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Tadbirda majburiy fanlar bo‘yicha test topshiriqlarining namunalari 2019 yilning 22–30 oktabr kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Samarqand, Buxoro, Jizzax, Namangan, Toshkent viloyatlari va Toshkent shahridagi akademik litsey va maktablarning bitiruvchilari ishtirokida aprobatsiyadan o‘tkazilgani, shuningdek, majburiy fanlardan shakllantirilgan test topshiriqlari onlayn aprobatsiyadan o‘tkazilgani haqida ma'lumot berildi. Mazkur jarayonda qatnashish istagini bildirgan talabgorlarga DTM rasmiy sayti orqali majburiy fanlar bo‘yicha test topshiriqlari namunalarini olish va probatsiyada ishtirok etish, bu orqali o‘z bilimlarini sinab ko‘rish imkoniyati yaratilgani ta'kidlandi.

Sevar Zuparxodjayevaning qayd etishicha, Davlat qabul komissiyasining qarori bilan fanlar majmuasi tasdiqlangan bo‘lib, abituriyentlar ta'lim yo‘nalishiga qarab ixtisoslik bo‘yicha qaysi fanlardan test sinovlarini topshirishi belgilab berilgan. Bu haqda DTM rasmiy sayti orqali batafsil ma'lumot olish mumkin.


Manba: "xabardor.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя