Главная » 2021 » Март » 12 » 2021-yil uchun yana qo‘shimcha dam olish kunlari belgilanmoqda
12:02

2021-yil uchun yana qo‘shimcha dam olish kunlari belgilanmoqda


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 3-dekabrdagi PF-6122-son «2021-yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida»gi Farmoniga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi farmoni loyihasi e’lon qilindi.

Unga ko‘ra, «O‘zbekiston bo‘ylab sayoxat qil!» ichki turizmni rivojlantirish dasturi doirasida fuqarolarning faol dam olishi uchun eng qo‘lay sharoitlarni yaratish maqsadida qo‘shimcha dam olish kuni belgilash taklif qilinyapti.

Jumladan, 2021-yilda quyidagi qo‘shimcha dam olish kunlari belgilanadi:

  • 14-may—juma;
  • 2-sentyabr — payshanba;
  • 3-sentyabr — juma;
  • 31-dekabr —juma.

2021-yilda dam olish kunlari:

  • 27-mart — shanba kunidan 22-mart — dushanba kuniga;
  • 17-iyul — shanba kunidan 21-iyul — chorshanba kuniga;
  • 24-iyul — shanba kunidan 22-iyul — payshanba kuniga ko‘chiriladi.
  1. Bundan tashqari, farmonning 3-bandi ikkinchi xatboshi kuyidagi tahrirda bayon etiladi: 2021-yil 2-yanvar — shanba, 20-mart — shanba, 22-mart — dushanba, 15-may — shanba, 21-iyul — chorshanba, 22-iyul — payshanba va 4-sentyabr — shanba kunlari barcha xodimlar uchun ish haftasining turidan qat’i nazar, dam olish kunlari hisoblanadi.

Manba: "xabar.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: kunlari, dam olish | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя