Главная » 2020 » Ноябрь » 1 » 2021 yilda ham “byudjetnik”larning ish haqi, pensiya va nafaqalar miqdori oshiriladi
12:31

2021 yilda ham “byudjetnik”larning ish haqi, pensiya va nafaqalar miqdori oshiriladi


"2021 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to‘g‘risida"gi Qonun loyihasiga ko‘ra, kelasi yilda ish haqi, pensiya, stipendiya, nafaqalar miqdorlari va ayrim xizmat turlari bo‘yicha tariflarning oshishi bilan bog‘liq xarajatlarga 8,4 trln so‘m ajratilmoqda. Loyiha Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida joylashtirilgan.

Oxirgi shakllangan qoidaga ko‘ra, ish haqi, pensiyalar, ijtimoiy nafaqalar va stipendiyalar miqdori har yarim yilda o‘tgan davrdagi inflyatsiya darajasidan past bo‘lmagan miqdorlarda oshirilishi kerak.

Davlat byudjeti to‘g‘risidagi qonun loyihasida 2021 yilda inflyatsiya 9-10 foiz atrofida bo‘lishi prognoz qilinmoqda. 2022 yilda esa maqsadli mo‘ljal 10-11 foiz bo‘lib turibdi.

Ma’lumot uchun, 2021 yilda O‘zbekiston Respublikasi nomidan va uning kafolati ostida ichki va tashqi qarzlarni jalb qilish bo‘yicha yillik imzolanadigan yangi bitimlarning cheklangan sof hajmi 5,5 mlrd AQSH dollari bo‘lishi kutilyapti. O‘tgan yili bu limit 4 mlrd dollar bo‘lgan, keyinroq pandemiya sabab 5 mlrdgacha ko‘paytirilgan.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: ish haqi, pensiya, 2021 yilda, nafaqalar, byudjetnik, miqdori oshiriladi | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar

Copyright © Tarona.net Media 2014-2020 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя