Главная » 2020 » Декабрь » 10 » 2021-yilning asosiy ranglari e’lon qilindi
10:41

2021-yilning asosiy ranglari e’lon qilindi


AQShdagi Pantone ranglar instituti (Pantone Color Institute) mutaxassislari 2021-yilning asosiy ranglarini belgilashdi: bular to‘q kulrang (17-5104 Ultimate Grey) hamda yorqin sariq (13-0647 Illuminating).

«Toshdek mustahkam va chidamli hamda iliq va optimistik ranglar jamlanmasi (Ultimate Gray/Illuminating) kuch va pozitivni ifodalaydi», — deyiladi institut izohida.

Pantone direktori Leatris Eysmanning ta’kidlashicha, ushbu ranglar birgalikda insonga sabr-toqat va umid bag‘ishlaydi.

Eslatib o‘tamiz, institut 2020-yil uchun xotirjamlik va ishonchni ifodalovchi klassik ko‘k rangni tanlagandi.

Ma’lumot uchun: Pantone instituti ranglar yaratish va ranglar tadqiqoti bilan shug‘ullanadi. Ularning ishlaridan butun dunyodagi dizayner va reklamachilar foydalanishadi. 2000-yildan beri instiut har yilning o‘z rangini belgilab keladi.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: 2021-yilning, e’lon qilindi, ranglari | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя