Главная » 2021 » Ноябрь » 9 » 2030-yilga kelib suv ostida qolishi mumkin bo‘lgan shaharlar ro‘yxati e’lon qilindi
19:56

2030-yilga kelib suv ostida qolishi mumkin bo‘lgan shaharlar ro‘yxati e’lon qilindi


2030-yilga kelib suv ostida qolishi mumkin bo‘lgan shaharlar orasida birinchi o‘rinni Niderlandiya poytaxti Amsterdam egallab turibdi. Bu haqda iqlimni o‘rganuvchi Climate Central tashkiloti xaritasi ma’lumotlariga asoslanib, The Indian Times xabar berdi.
Amsterdam bilan bir qatorda Niderlandiyaning “mamlakat quyi qismi” deb ataladigan yerida joylashgan yana ikkita shahri – Rotterdam va Gaaga suvga g‘arq bo‘lish xavfi ostida. Ro‘yxatdagi ikkinchi o‘rinni Iroqning Basra shahri egalladi. Shahar Fors ko‘rfaziga quyiladigan Shatt al-Arab daryosi bo‘yida joylashgan.

Keyingi o‘rinda AQShning Missisipi daryosi bo‘yidagi Yangi Orlean shahri turibdi. Xabarga ko‘ra, suv haydash kanallari tizimining rivojlanganiga qaramay, shaharga suv bosish xavfi tahdid solmoqda.

Venetsiya ro‘yxatdagi to‘rtinchi o‘rinni band qilgan. Har yili shaharda yer sathi 2 millimetrga pasayadi. Beshinchi o‘rindan Vyetnamning eng yirik shahri Xoshimin joy olgan. Oxirgi, oltinchi o‘rinni Hindistonning Kalkutta shahri egallagan. Nashrning yozishicha, shahar 2030-yilgacha suv ostida qolishi mumkin.

Avvalroq “RBK Trendi” tomonidan iqlim o‘zgarishi sababli tabiiy ofatlar ro‘y beradigan shaharlar ro‘yxati tuzilgan edi. Ro‘yxatga dunyodagi eng tez cho‘kayotgan shahar deb ataladigan Indoneziyaning Jakarta shahri va turli iqlimga oid xavf-xatarlarga (suv toshqini va qurg‘oqchilik) duchor bo‘lgan Bangladesh poytaxti Dakka kiritilgan. Unga ko‘ra, Filippin poytaxti Manila va Nigeriya poytaxti Lagos tez-tez suv toshqinlariga duch keladi, Los-Anjeles esa doimiy ravishda o‘rmon yong‘inlari xavfi ostida turadi.

Avvalroq AQShning Chikago shahri iqlim o‘zgarishi tufayli yo‘q bo‘lib ketish xavfi ostida ekani xabar qilingandi. Ta’kidlanishicha, tez-tez sodir bo‘layotgan yog‘ingarchilik va qurg‘oqchilik Chikagoda shu nomdagi mahalliy daryo hamda Michigan ko‘li suv sathining keskin o‘zgarishiga olib kelmoqda, bu esa shaharga jiddiy zarar yetkazmoqda.

Manba: "daryo.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: bo‘lgan, SUV, 2030, qolishi, kelib, shaharlar, ro‘yxati, e’lon, yil, qilindi, mumkin, ostida | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar

Copyright © Tarona.net Media 2014-2021 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя