Главная » 2019 » Декабрь » 29 » 20 400 dona pirotexnika vositalari «paqillash»dan to‘xtatib qolindi
19:43

20 400 dona pirotexnika vositalari «paqillash»dan to‘xtatib qolindi


Bojxonachilar tomonidan pirotexnika vositalarining noqonuniy savdosiga qarshi tizimli ravishda kurash olib borilmoqda.

Xususan, Jizzax viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor tadbir natijasida yana bir noqonuniy harakat fosh etildi.

Jizzax shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida fuqaro O.S. boshqaruvidagi «Matiz» rusumli transport vositasi belgilangan tartibda ko‘zdan kechirildi. Natijada avtoulovning orqa o‘rindig‘ida hech kanday hujjatlari bo‘lmagan jami 20 400 dona pirotexnika vositalari borligi aniqlandi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя