Главная » 2020 » Июнь » 25 » 20! Denovda 59 yoshli fuqaro koronavirusdan vafot etdi
12:51

20! Denovda 59 yoshli fuqaro koronavirusdan vafot etdi


Surxondaryo viloyat Denov shahrida vafot etgan bir nafar bemorda koronavirus infeksiyasi tasdiqlandi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, Denov shahrida yashagan, 1961 yilda tug‘ilgan marhum bemor B.X. so‘nggi 5 yildan buyon ikki tomonlama o‘pkaning o‘tkir bronxopnevmoniyasi tashxisi bilan davolanib kelgan. Shu yilning 19 iyun kuni bemor (ayol) murojaatiga ko‘ra, olingan namunada koronavirus infeksiyasi mavjudligiga gumon qilingan va bemor tez yordam mashinasida tuman yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yotqizilgan.

Shifoxonada bemorga “Ikki tomonlama o‘tkir bronxopnevmoniya. O‘tkir yurak va o‘pka yetishmovchiligi og‘ir darajasi, koronavirus infeksiyasiga gumon” tashxisi qo‘yilgan. Bundan tashqari, bemorda “O‘pkaning surunkali obstruktiv kasalligi, surunkali piyelonefrit, kamqonlikning o‘rta og‘ir darajasi” yondosh kasalliklar tashxisi ham qo‘yilgan.

Bemorga ko‘rsatilgan tezkor tibbiy yordam va reanimatsion muolajalarga qaramasdan u yurak-qon tomir va o‘pka yetishmovchiligidan vafot etgan.

Respublika sanitariya-epidemilogik osoyishtaligi agentligining maxsus referens laboratoriyasi xulosasiga ko‘ra, marhumdan olingan namunada koronavirus infeksiyasi tasdiqlangan. U bilan muloqotda bo‘lgan oila a’zolari, yaqinlari va boshqa fuqarolar qat’iy karantinga olingan bo‘lib, ushbu holat yuzasidan epidemiologik surushtiruv ishlari olib borilmoqda.

Bu O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasiga chalinib, undan vafot etgan yigirmanchi bemor bo‘ldi.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: koronavirusdan vafot etdi, Denovda, 59 yoshli fuqaro | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar

Copyright © Tarona.net Media 2014-2020 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя