Главная » 2021 » Январь » 26 » 20 dollarlikda qora tanlining surati paydo bo‘lishi mumkin
23:10

20 dollarlikda qora tanlining surati paydo bo‘lishi mumkin


Jo Bayden ma’muriyatiga qarashli AQSh Moliya vazirligi XIX asrda Qo‘shma Shtatlarda qullikka qarshi va ijtimoiy islohotlar uchun kurashgan amerikalik abolitsionist tasvirini AQShning 20 dollarlik kupyurasiga qo‘yish g‘oyasini qayta ko‘rib chiqadi.

Oq uy matbuot kotibi Jan Psaki dushanba kuni jurnalistlar bilan o‘tkazilgan navbatdagi brifingda qora tanli faolning portreti prezident Endryu Jeksonning surati bilan almashtirilishi haqida aytib o‘tgan.

«G‘aznachilik departamenti Garriyet Tabmenni yangi 20 dollarlik banknotning old qismiga qo‘yish bo‘yicha harakatlarni yangilash bo‘yicha choralarni ko‘rmoqda», — degan Psaki.

«Biz bu jarayonni tezlashtirish yo‘llarini o‘rganmoqdamiz», — deya qo‘shimcha qildi matbuot kotibi. Uning so‘zlariga ko‘ra, pul «mamlakat tarixi va xilma-xilligini» aks ettirishi kerak.

Tabmen portretini 20 dollarlik kupyuraga joylashtirish g‘oyasi demokrat Barak Obama prezidentligi davridayoq ma’lum qilingan edi. Biroq respublikachi Donald Tramp ma’muriyati hokimiyat tepasiga kelganidan keyin bu jarayon sustlashgan.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: surati, qora tanlining | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя