Главная » 2021 » Июль » 19 » 20 iyuldan to‘yxonalar faoliyatiga cheklov kiritildi
22:10

20 iyuldan to‘yxonalar faoliyatiga cheklov kiritildi


Yaqinda tegishli sohaga mas’ul tashkilotlar taklifiga ko‘ra, Respublika maxsus komissiyasi qaroriga binoan joriy yil 20 iyuldan boshlab, yurtimizdagi umumiy ovqatlanish ob’yektlari – restoran, kafe, oshxona va choyxonalarni soat 8:00 dan 20:00 gacha faqatgina ochiq havoda ishlashiga (mehmonxonalarda tashkil etilgan restoran va kafelar bundan mustasno) ruxsat berilgan edi.

SSV xabariga ko‘ra, yana bir kiritilgan o‘zgarishga ko‘ra, shu yil 20 iyuldan agar to‘yxonalar(restoranlar)da oilaviy tantana, to‘y, ma’raka va marosimlarni ochiq havoda o‘tkazish imkoni bo‘lmagan taqdirda sanitariya va gigiyena talablariga qatiy rioya etgan holda 50 kishidan ko‘p bo‘lmagan (yaqin qarindoshlar va ushbu tuman hududida istiqomat qiluvchi boshqa qarindoshlar) sharti bilan o‘tkazishga ruxsat beriladi.

Umumiy ovqatlanish ob’yektlari – restoran va oshxonada tayyorlangan taomlarni yetkazib berish xizmati (keytering) bilan faqat soat 8:00 dan 23:00 gacha bo‘lgan vaqtlarda shug‘ullanishlariga ruxsat beriladi.

Eslatib o‘tamiz, bundan avval 1 avgustdan boshlab to‘y va marosimlarni 50 kishidan ko‘p bo‘lmagan holda o‘tkazish belgilangan edi.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: faoliyatiga, cheklov, to‘yxonalar | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar

Copyright © Tarona.net Media 2014-2021 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя