Главная » 2021 » Февраль » 24 » 22 darajagacha sovuq: «O‘zgidromet» ertaga kutilayotgan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi
19:37

22 darajagacha sovuq: «O‘zgidromet» ertaga kutilayotgan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi


Respublika Gidrometeorologiya markazi ertaga, 25-fevral kuni kutiladigan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi. 

Toshkent shahri. 
Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Shamol shimoli-sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 7-9° sovuq, kunduzi 3-5° sovuq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston. 
Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 17-22° sovuq, kunduzi 8-13° sovuq; Ustyurtda kechasi 20-25° sovuq, kunduzi 13-18° sovuq bo‘ladi.

Xorazm. 
Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 12-17° sovuq, kunduzi 5-10° sovuq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy. 
Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 7-12° sovuq, kunduzi 2-7° sovuq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Sirdaryo, Jizzax. 
Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 7-12° sovuq, kunduzi 2-7° sovuq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo. 
Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi, ba’zida esa 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 4-9° sovuq, kunduzi 3° sovuq-2° iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona. 
Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi, ba’zida esa 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi va kunduzi 0-5° sovuq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlari. 
Havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda qor yog‘adi. Qor ko‘chishi xavfi bor. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi, ba’zida esa 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 15-20° sovuq, kunduzi 10-15° sovuq bo‘ladi.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: O‘zgidromet, ob-havo | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar

Copyright © Tarona.net Media 2014-2021 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя