Главная » 2021 » Июнь » 18 » 25 mingdan ziyod yurtdoshimiz mudhish kasallikdan tuzaldi
22:23

25 mingdan ziyod yurtdoshimiz mudhish kasallikdan tuzaldi


Pandemiya boshlangandan buyon SSV Matbuot xizmati yurtimizda koronavirusdan sog‘ayish bilan bog‘liq kunlik statistik ma’lumotlarni e’lon qilib kelmoqda. Unga ko‘ra, 2021-yil 1-yanvargacha 75 244 nafar fuqaro koronavirusdan sog‘aygan bo‘lsa, 2021-yil 17-iyun holatiga ko‘ra, 101 018 nafar bemor kasallikdan tuzalganini ko‘rish mumkin. Yil boshidan beri, o‘tgan besh oy ichida 25 774 nafar fuqaro infeksiyadan forig‘ bo‘lgan.

Hududlar kesimida yil boshidan beri koronavirusdan sog‘ayish ko‘rsatkichi quyidagicha:

Qoraqalpog‘iston Respublikasida 404, Andijon viloyatida 535, Buxoro viloyatida 442, Jizzax viloyatida 494, Qashqadaryo viloyatida 361, Navoiy viloyatida 193, Namangan viloyatida 479, Samarqand viloyatida 2776, Sirdaryo viloyatida 325, Surxondaryo viloyatida 292, Farg‘ona viloyatida 584, Xorazm viloyatida 493, Toshkent viloyatida 3598, Toshkent shahrida 14 798 nafar nafar yurtdoshimiz koronavirusdan tuzaldi.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: kasallikdan, tuzaldi, yurtdoshimiz, Mudhish | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя