Главная » 2020 » Декабрь » 29 » 25 yashar yigitning umriga zomin bo‘lgan haydovchiga juda yengil jazo tayinlandi
22:34

25 yashar yigitning umriga zomin bo‘lgan haydovchiga juda yengil jazo tayinlandi


Joriy yilning 30 avgust kuni Toshkentdasodir bo‘lgan mudhish YTH oqibatida 25 yashar yigit vafot etgani yuzasidan ochilgan jinoyat ishi bo‘yicha sud hukmi e’lon qilindi. Jinoyat ishi sudya T.Yusupov tomonidan ko‘rib chiqilgan. Bu haqda Oliy sud Matbuot xizmati QALAMPIR.UZ`ga ma’lum qildi.

Ma’lum bo‘lishicha, sudlanuvchi Dilshod Tursunov, 2020 yil 30 avgust kuni soat taxminan 00:30larda, “Climat Solutions” XKga tegishli Nexia-3 rusumli avtomobilni, tegishli hujjatlar bilan, mast holatda, Shayxontohur tumani, Furqat ko‘chasi bo‘ylab, Nurafshon ko‘chasi tomonidan, Bunyodkor ko‘chasi tomonga, amaldagi yo‘l harakat qoidalarining belgilangan tezligidan oshirib, 70-80 km|soat tezlikda boshqarib borib, “Yalpiz” kafesining qarshisida, yo‘lda bo‘lgan holatga va o‘zgarishlarga e’tibor bermasdan “Yo‘l harakati qoidalari”ning 11-bandi g-qismi, 12-bandi 1-qismi, 77-bandi 1,2,3-qismlari va 78-bandi 1-qismi talablarini buzib, avtoshinalar qatnov yo‘lida turgan temir panjarani urib yuborgan, o‘z navbatida ushbu temir panjara shu yerda turgan piyoda A.Nabiyevni urib yuborgan, natijasida piyoda A.Nabiyev voqea joyida vafot etgan.

Unga O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 266-moddasining 2-qismi bilan ayblov e’lon qilingan.

Sud hukmiga ko‘ra, Dilshod Tursunov Jinoyat kodeksi 266-moddasining 2-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topildi.

Aybdorga JK 266-moddasi 2-qismibilan Jinoyat kodeksining 57-moddasini qo‘llab, ish haqining 20 foizi miqdorini davlat daromadi hisobiga ushlab qolgan holda 3 (uch) yil muddatga axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlandi.

O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 62-moddasiga asosan Dilshod Tursunovning 30.08.2020 yildan 03.12.2020 yilga qadar dastlabki qamoqda saqlangan har bir kunini axloq tuzatish ishlari jazosining uch kuniga tenglashtirib, Tursunov Dilshod Xikmattullayevichga uzil-kesil o‘tash uchun ish haqining 20 foizi miqdorini davlat daromadi hisobiga ushlab qolgan holda 2 (ikki) yil 2 (ikki) oy 12 (o‘n ikki) kun muddatga axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlandi.

O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 45-moddasini qo‘llab, 1 (bir) yil muddatga, muayyan huquqdan, ya’ni transport vositalarini boshqarish huquqidan mahrum qilish jazosi tayinlandi.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: yigitning, umriga, Haydovchiga, yengil, Jazo, zomin | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar

Copyright © Tarona.net Media 2014-2021 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя