Главная » 2020 » Май » 27 » 26 may kuni Respublikaning barcha hududlarida havo harorati tarixiy rekordni yangiladi
19:23

26 may kuni Respublikaning barcha hududlarida havo harorati tarixiy rekordni yangiladi


Kecha, 26 may kuni Respublikaning deyarli barcha mintaqalarida havo harorati bo‘yicha oylik rekordni yangilandi. Bu haqda O‘zbekiston Gidrometeorologiya xizmati markazi ma’lum qildi.

“O‘tgan dam olish kunlaridan boshlab O‘zbekiston hududida havo juda isidi. Harorat kundan-kunga ko‘tarilib, kecha 26 may kuni 35-39 darajani, janubda 39-40 darajani tashkil qildi. Eng yuqori haroratlar Qoraqalpog‘istonda, Xorazm, Buxoro va Navoiy viloyatlarida kuzatildi, bu joylarda kunduzi havo 40-42 darajagacha, ayrim cho‘l tumanlarida 44 darajagacha qizidi.

Bunday harorat ko‘rsatkichlari O‘zbekistonda may oyining oxiri uchun xos emas. Respublikaning deyarli barcha mintaqalarida shu kunning harorat rekordlari qayd etildi“ deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, O‘zbekiston shimolida ayrim joylarda butun oy uchun maksimal haroratning yangi rekordlari qo‘yildi. Boshqacha qilib aytganda, Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyatidagi ko‘pchilik meteorologik stansiyalar ma’lumotlariga ko‘ra 2020 yil 26 mayda qayd etilgan bunday yuqori oylik harorat avval hech qachon kuzatilmagan.

Toshkentda, masalan, may oyida eng yuqori harorat 39,9 daraja bundan ancha oldin 1902 yilda qayd etilgan. Oxirgi 20 yil ichida eng yuqori oylik harorat 2004 yilda kuzatilgan va 38,6 darajani tashkil qilgan. Qolgan kuzatuv yillarida eng issiq yillarda Toshkentda may oyidagi harorat 37 darajadan yuqori bo‘lmagan. Respublika janubida bu yil may oyi oxirining haroratlari hoynahoy o‘z rekord qiymatlari 43-44 darajaga yetmaydi.

Oyning oxirigacha Respublikada asosan quruq va kam bulutli ob-havo saqlanib turadi. Faqat respublikamizning shimoli va cho‘l zonasida shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 34-39 daraja atrofida bo‘ladi, mamlakatimiz shimoli, janubi va cho‘l zonasida 40-42 darajagacha ko‘tariladi. 29–30 may kunlari harorat bir oz (2-3darajaga) pasayadi. Yozning boshida ob-havoda sezilarli o‘zgarish bo‘lmaydi.


Manba: "kun.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: barcha, Respublikaning, yangiladi, hududlarida, havo harorati, Rekordni, Tarixiy | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя