Главная » 2020 » Июль » 1 » 27-o‘lim. Koronavirusni uyda davolashga uringan 64 yoshli erkak vafot etdi
00:00

27-o‘lim. Koronavirusni uyda davolashga uringan 64 yoshli erkak vafot etdi


O‘zbekistonda koronavirus sababli navbatdagi o‘lim holati qayd etildi. Bu mamlakatda koronavirusdan vafot etgan 27-bemor bo‘ldi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Qashqadaryo viloyati G‘uzor tumanida yashovchi 64 yoshli  S.H. shu yilning 7 iyun kuni Toshkent viloyati Yangiyul tumaniga borib, 12 iyun kuni Toshkent-Qarshi tezyurar (Afrosiyob) poyezdida yashash manziliga qaytgan. Oradan uch kun o‘tib, ya’ni joriy yilning 15 iyun kuni tana harorati ko‘tarilgan va u uzoq vaqt uy sharoitida davolanib kelgan.

Bemor (erkak kishi) bundan avval, oxirgi 5 yil davomida qandli diabetning og‘ir kechishi tashxisi bilan dispanser nazoratida turib,  davolanib yurgan.

29 iyun kuni ahvoli og‘irlashganligi sababli shifokorga kech murojaat qilgach, G‘uzor tuman tibbiyot birlashmasi reanimatsiyaga bo‘limiga ikki tomonlama o‘tkir pnevmoniya og‘ir darajasi, yurak va nafas yetishmovchiligi va qandli diabet og‘ir kechishi tashxisi bilan yotqizilgan.

Mutaxassislar tomonidan  standartlar asosida ko‘rsatilgan  reanimatsion muolajalariga  qaramasdan bemor o‘tkir yurak qon-tomir va nafas yetishmovchiligidan vafot etdi. 


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: 27-o‘lim, uyda davolashga uringan, vafot etdi, 64 yoshli erkak, Koronavirusni | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя